Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Mudofaa vazirligi vakilining ma’lum qilishicha, AQSH harbiy obyektlari dronlar va raketalar zarbasiga uchragan. U bunda Eronga aloqador guruhlarni aybladi.

AQSH va “Islomiy davlat” terrorchilik guruhiga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiyaning Suriya va Iroqdagi harbiy bazalari so‘nggi bir hafta ichida 13 marta hujumga uchragan, dedi Pentagon matbuot kotibi general Pat Rayder.

17-oktyabrdan 24-oktyabrgacha bo‘lgan davrda askarlarga Iroqda kamida 10 marta, Suriyada esa uch marta raketa va dronlar bilan zarbalar berildi, deydi u.

Foto: Reuters

Generalning so‘zlariga ko‘ra, hujumlar ortida “Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Eron rejimidan ko‘mak olayotgan guruhlar” turibdi. Iroqdagi islomiy qarshilik guruhi hujumlarning bir qismi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi va tegishli xabarlarni Telegram’dagi kanalida e’lon qildi.

AQSH ISHID terrorchi tashkilotiga qarshi kurash maqsadida Suriyada 900 ga yaqin va Iroqda 2500 ga yaqin askarini joylashtirgan. AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlashga va’da berganidan so‘ng Eronga aloqadorligi aytiladigan turli qurolli guruhlar AQSH harbiy obyektlariga hujum qilish bilan tahdid qildi.

22-oktyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari mintaqadagi ishtiroki kuchayganini e’lon qildi va Eron va uning ittifoqdosh qurolli guruhlarini Yaqin Sharqdagi mojaroni kengaytirishdan ogohlantirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »