Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 24-oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. 

C guruhida “Real” “Braga” maydoniga safar qildi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Rodrigo hisobni ochdi. 61-daqiqada Jud Bellinghem madridliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Alvaro Jalo hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “qaymoqranglilar” g‘alaba qozondi.

“Manchester Yunayted” esa “Kopengagen”ni qabul qildi. Uchrashuvning 72-daqiqasida Harri Maguayr tomonidan urilgan yagonaligicha qoldi va mankunianliklarga g‘alaba keltirdi.

“Arsenal” “Sevilya”ni 2:1 hisobida taslim etdi. London jamoasi tarkibida Gabriel Martinelli va Gabriel Jezuslar gol muallifiga aylandi. Ispan klubi safida Nemanya Gudel o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shuningdek, “Lans” “PSV” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, “Napoli” “Union Berlin”ni 1:0 hisobida taslim etdi. 


YCHL

3-tur

24-oktyabr,seshanba

“Braga” – “Real” 1:2

Gollar: 0:1 – 16 Rodrigo, 0:2 – 61 Bellinghem, 1:2 – 63 Djalo.

“Braga”: Mateus, Mendes (Fonseka, 73), Niakate, Saatchi, Borxa, El-Musrati (Moutinyu, 78), Karvalyo (Bruma, 66), Salasar, Rikardu Orta, Jalo, Banza (Abel Ruis, 67).

“Real Madrid”: Arrisabalaga, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Fran Garsiya (Mendi, 75), Modrich, Valverde, Kamavinga, Bellinghem (Vaskes, 89), Vinisius Junior, Rodrigo (Tchuameni, 71).

Ogohlantirishlar: Kamavinga (72), Nacho (90).

“Manchester Yunayted” – “Kopengagen” 1:0

Gol: 1:0 – 72 Maguayr.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, Regilon (Lindelef, 63), Brunu Fernandesh, Amrabat (Eriksen, 46), Maktominey, Marsyal, Antoni (Garnacho, 63), Reshford, Heylund.

“Kopengagen”: Grabara, Ankersen, Vavro, Diks, Yelert (Sorensen, 77), Falk, Lerager, Diogu Gonsalvesh (Larsson, 85), Elyunussi, Klasson (Ouskarsson, 76), Ashuri (Heylund, 90).

Ogohlantirish: Brunu Fernandesh (80).

“Sevilya” – “Arsenal” 1:2

Gollar: 0:1 – 45 Martinelli, 0:2 – 53 Gabriel Jezus, 1:2 – 58 Gudel.

“Sevilya”: Nyuland, Navas (Xuanlu Sanches, 79), Ramos, Gudel, Akunya, Rakitich, Okampos, Sou (Mariano Dias, 57), Sumare, Lukebakio (Lamela, 57), En-Nesiri.

“Arsenal”: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Tomiyasu, Kiver, Jorjinyo, Edegor (Haverts, 73), Rays, Martinelli, Saka (Trossard, 81), Gabriel Jezus (Nketia, 81).

Ogohlantirishlar: Mariano Dias (67), Jorjinyo (68), Lamela (76).

“Lans” – “PSV” 1:1

Gollar: 0:1 – 54 Bakayoko, 1:1 – 65 Vai.

“Union Berlin” – “Napoli” 0:1

Gol: 0:1 – 65 Raspadori.

“Benfika” – “Real Sosyedad” 0:1

Gol: 0:1 – 63 Mendes.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »