Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirgi kunda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash yoki rad etish bo‘yicha qaror oilaning daromadi, bandligi va boshqa ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlariga asosan chiqariladi.

Biroq xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning elektron ma’lumotlar bazasi mavjud emasligi sababli nafaqa tayinlash uchun arizalarda ushbu ma’lumotlar mahalla raislari tomonidan belgilab beriladi. Bunda ushbu oila a’zosidan bandlik talab etilmaydi.

 
Foto: “Daryo”

Amaliyotda esa mahalla raislarining ham o‘z hududidagi oila a’zolarining barchasi qayerda ekanligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot mavjud emas. Natijada ariza topshirayotgan oilaning a’zosini chet elda ekanligini aksariyat holatda fuqaroning so‘ziga asosan belgilab beriladi.

Bunda ushbu fuqaro boshqa viloyatda yoki poytaxtda norasmiy ish bilan band bo‘lsa ham “chet elda ishlaydi” deb belgilab berish holatlari mavjud.

Jumladan, o‘tkazilgan o‘rganishlarda 2 607 ta holatda fuqarolar xorijda bo‘lmasa-da, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan “chet elda ishlaydi” deb belgilab berilishi natijasida nafaqalar noto‘g‘ri tayinlanganligi aniqlanib, mazkur nafaqa to‘lovlari to‘xtatilgan.

Nafaqa tayinlashda inson omilini kamaytirish va mablag‘larni maqsadsiz sarflanishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron ko‘rinishda ariza berishni joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjatga asosan endilikda yangi tartibda fuqaroning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini to‘g‘risida ma’lumotlarni “Elektron hukumat” axborot tizimidan fuqaroning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketganligi va O‘zbekiston Respublikasiga qaytganligi qayd etilgan ma’lumotlarga asosan elektron shaklda aniqlanadi.

Bu orqali ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki mahalla raislari tomonidan bilib-bilmasdan noto‘g‘ri maʼlumot berish holatlariga barham beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »