Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pincha ota-onalar farzandlarini muammolardan himoya qilishga urinib, o‘zi xohlagan kasbini tanlashiga to‘sqinlik qiladi. Biroq ko‘pchilik ularga qaramay, maqsadlariga intiladi. Ota-onasi kasb tanlashiga qarshi bo‘lgan mashhurlar haqida ma’lumot beramiz.

Jennifer Lourens

Jennifer Lourensning ota-onasi avvaliga qizining aktrisa bo‘lishiga qarshi bo‘lgan. Ular bu kasbni maoshi kam va jiddiy bo‘lmagan ish deb bilishgan. Biroq qaysar Jennifer pul yig‘ib, teatr institutiga o‘qishga kiradi. Agar uning qat’iyatli bo‘lmaganida, bunday go‘zal aktrisani hech qachon ko‘rmagan bo‘lardik.

 
 
Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Eminem

Bolaligidanoq qo‘shiqchining onasi bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmagan. Qarshiliklar, jumladan, o‘g‘lining musiqachi bo‘lishni tanlashi bilan bog‘liq. Eminem onasi bilan faqat o‘limidan oldin yarashib olishga ulgurdi. Aytgancha, mashhurning onasi uzoq vaqt davomida o‘g‘lini tan olmagan. Eminem buni quyidagicha izohlaydi:

“Kim ham o‘zini tabletkalarsiz yasholmaydigan, alkogolga mukkasidan ketgan ona deb bilishlarini xohlaydi?”

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Margo Robbi

Aktrisa bolaligida buvisi bilan fermada yashagan. Tabiiyki, Margoning yashash muhiti ijodkorlikka hech qanday aloqasi yo‘q edi. Shuning uchun qarindoshlar Robbining kino sanoatining bir qismiga aylanganidan hayratda qolishadi.

“Yoshligimda film va seriallarga berilib ketib, onamning oldida ko‘rganlarimni sahnalashtirardim. Men hatto oilamni shoularimni ko‘rish uchun pul to‘lashga majbur qilardim. Behazil! Agar biror narsani xohlasam, meni hech narsa to‘xtata olmaydi”, — deydi aktrisa.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Jennifer Lopes

Qattiqqo‘l Jennifer Lopes ota-onasining barcha kutganlaridan farqli o‘laroq, nufuzli kollejni tashlab, orzusini amalga oshirish uchun Amerikaga ketadi. Aktrisa har doim onasi bilan muloqot qilishda qiynalganini tan oladi, ammo bu uning aktrisalik karyerasidan voz kechishiga sabab bo‘lmaydi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Dueyn Jonson

Dueynning otasi, iste’dodli kurashchi, o‘g‘li uchun boshqacha hayotni orzu qilgan. Biroq qaysar kichik Jonson sportga juda ishtiyoqmand bo‘lib, otasining taqiqlariga qaramay, kurash bilan shug‘ullanishda davom etadi. Ko‘p qarshiliklardan so‘ng, otasi taslim bo‘ladi va o‘g‘lining shaxsiy murabbiyi bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, otasi uning aktyorlik faoliyatiga xalaqit bermagan. Aksincha, uni qo‘llab-quvvatlagan.

 
Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »