Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda aholi qarz yuki sezilarli tarzda oshib bormoqda. Bu haqda Markaziy bank eʼlon qilgan 2023-yil I yarim yillikdagi moliyaviy barqarorlik sharhida maʼlumot berilgan.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, 6 oy davomida mamlakatda chakana kreditlash segmentida faollik keskin oshgan. Xususan, aholining yalpi va ipoteka kreditlari bo‘yicha qarz yuki o‘sib borish holati kuzatilgan.

“O‘zbekistonda so‘nggi yillarda yuqori kreditlash jarayonining kuzatilishi natijasida jami kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbati yuqori darajada shakllandi. Aholiga taqdim etilayotgan kreditlar qoldig‘ining yillik hisobda tez surʼatlarda o‘sishi moliya tizimida kredit tavakkalchiliklari ko‘payishiga, shuningdek, nisbatan kam daromadli qarzdorlarning kreditlarni qaytaraolmaslik xavfining oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati aholining jami kreditlari bo‘yicha qarz yuki nisbatan past darajada shakllanayotganini, ammo yuqori o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda”, —deyiladi sharhda.

Joriy yil yanva­r­-iyun oylarida aholining jami kreditlari bo‘yicha qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati biroz ortgan. Aholining qarzdorlik darajasining ortishi moliya tizimi barqarorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatgan holda nafaqat qarzdorlarning, balki kredit beruvchi tashkilotlarning ham ehtimoliy shoklarga zaifligini oshirishi mumkin.

“Aholining qarz majburiyatlarini bajarish holati bilan bog‘liq xavotirlar ortib bormoqda. Jumladan, jismoniy shaxslarning qarzga xizmat ko‘rsatish koeffitsiyenti o‘suvchi trendni namoyon etdi. Bu bevosita chakana kreditlar bozorida faollikning oshishi bilan izohlanadi. Ushbu trendning saqlanib qolishi jismoniy shaxslar daromadining ko‘proq qismi qarzlarni so‘ndirishga yo‘naltirilganligini hamda ularning daromad va boshqa shoklarga nisbatan taʼsirchanligining ortishi bo‘yicha xatarlar mavjudligini ko‘rsatmoqda”, — deya holatni sharhlagan Markaziy bank.

Bundan bir yil ilgari Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlar bilan muloqotda “bugungi kunda aholining qarz yuki xatarli emas” —deya taʼkidlagandi.

“Oddiyroq qilib aytganda, qarz yukida u qadar xavf yo‘q deyilganining sababi bizda davlatdan, xo‘jalik subekatlaridan oylik oladigan odamlarning norasmiy daromad manbalari ham bor. Masalan, ularning oilasidagi kimdirning yoki boshqa daromad manbalari mavjud. Shuning uchun hozir aholi qarz yukining oshib ketayotganini ko‘rmayapmiz. Faqatgina bitta o‘ylantiradigan holat bor: normativ tartiblarda ipoteka krediti berayotganda aholi daromadining kreditni qoplashga yetadigan qismi 50 foizdan oshmasligi kerakligi belgilangan. Bugungi kunda subsidiya olayotgan fuqarolarga o‘sha normadan chiqishga to‘g‘ri kelyapti”, —degan tashkilot rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »