Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti Norvegiya harbiy-havo kuchlarining R-8A Poseidon asosiy patrul samolyoti davlat chegarasiga yaqinlashayotgani sababli Barents dengizi uzra havoga ko‘tarildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. 

Ma’lum qilinishicha, Rossiya samolyoti yaqinlashgach, Norvegiya samolyoti Rossiya chegarasidan burilib ketgan.

19-oktyabr kuni Rossiya chegarasi yaqinida Britaniya harbiy-havo kuchlarining RC-135 jangovar samolyoti hamda ikkita “Tayfun” ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti aniqlangani sababli Qora dengiz uzra ikkita Su-27 qiruvchi samolyoti ko‘tarilgani xabar qilingandi.

 
Foto: Google Images

Sentyabr oyida ham Rossiya Barents dengizi uzra chegaraga yaqinlashayotgan samolyotni tutish uchun havoga MiG-31 qiruvchi samolyotini ko‘targan edi. O‘shanda havo nishoni AQSH Harbiy-havo kuchlarining P-8A “Poseydon” patrul samolyoti ekani aniqlangan.

“Rossiya qiruvchisining parvozi neytral suvlar ustidagi havo hududidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qatʼiy rioya qilgan holda havo yo‘llarini kesib o‘tmasdan yoki xorijiy davlat samolyotiga xavfli yaqinlashmasdan amalga oshirildi”, — deya bayonot bergandi Rossiya Mudofaa vazirligi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »