Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugungi kundagi vaziyat o‘zbek so‘mi o‘rniga yangi valyuta ishlab chiqish zaruriyatini taqozo etmayapti. Bu haqda 26-oktyabr kuni jurnalistlar bilan bo‘lgan muloqotda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, pul qadrini oshiradigan bosh omil — iqtisodiy o‘sishdir.

“Kursni dollarga nisbatan qadrsizlanib, juda oshib ketishi kutilmayapti. Agar o‘tgan 9 oylik davrni tahlil qilsak, dollarning qadrsizlanishi 8,3 foizni tashkil etdi. Inflyatsiyamiz esa 9,2 foizga teng bo‘ldi. Mana bu haqiqatan ham bizni o‘ylantiradigan, asosiy maqsadimiz yo‘naltirilgan masaladir.

Bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak, pulni almashtirgan bilan uning qadri oshib qolmaydi. Yaʼni biz iqtisodiyotda maʼlum bir ijobiy o‘sishlar, o‘zgarishlarga erishmasak, valyuta kursiga taʼsir ko‘rsata olmaymiz. Pulni almashtirish — texnik holat. Bugungi kundagi vaziyatimiz, kelgusidagi rejalarimiz ham buni taqozo etayotgani yo‘q. Yaqin, o‘rta va uzoq istiqbolda ham bu masala ko‘zda tutilmayapti”, — dedi Markaziy bank raisi.

Mamarizo Nurmurodov
Foto: “Daryo” 

Avvalroq Mamarizo Nurmurodov o‘zbek so‘mi yiliga 6–7 foizga qadrsizlanayotganini aytgandi.

“O‘zbekistonda 2017-yildan, yaʼni valyuta bozori erkinlashtirilganidan beri bugungi kungacha bo‘lgan valyuta kursining o‘zgarishini tahlil qilsak, ko‘plab davlatlardagi valyuta qadrsizlanishidan bizdagisi ancha past. Shu nuqtayi nazardan 4 yildan ortiq vaqt davomida milliy valyutamiz o‘rtacha 6–7 foizga qadrsizlanyapti. Bu degani inflyatsiya 10 foizdan yuqori bo‘layotgan sharoitda valyuta qadrsizlanib ketyapti, deyishga hech qanday asos yo‘q. Iqtisodiy o‘sishlar ham shu kursning mevasi. Bir dollar 11 500 so‘m bo‘lgani uchun o‘zbek so‘mi kuchsiz valyuta deyishga hech qanday asos yo‘q”, — degan edi u.

Izoh

Абдурахмон Абдухакимов

27.10.2023, 08:32

ўзгартирасилами йўқми буни халқга қизиғи йўқ. Лекин одамлар яхши яшаётган, бебирска пул сочаётганларни кўриб алам қилади. Боласига бир иссиқ кийим олишга қийналади. Ўқилар дейсизлар ку лекин саводсизлар рахбар, блогер, тадбиркор бўлиб юрибди. Ўқиганлар эса арзимаган ойликга ишлаб юрибди. Соддалигидан ўзини кўрсата олмиятганлари қанча.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »