Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston banklarida beriladigan mikroqarzlar miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha oshiriladi. Buning asosiy sababi nima? Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mazkur savolga javob berdi, deya xabar qilmoqda “Daryo” muxbiri.

Mamarizo Nurmurodovning taʼkidlashicha, mikroqarz miqdoriga o‘zgartirish kiritilishiga asosiy sabab aholiga amaldagi (50 million so‘m) miqdordan ko‘proq xarajatlarni ham qoplash imkonini berishdan iborat.

“Bu hamma 100 million so‘mdan mikroqarz oladi, degani emas. Odamlarning qarz olish chegarasini yuqoriga ko‘taryapmiz xolos. To‘g‘ri, o‘rtacha oylik miqdorining o‘sish darajasiga qarasak, mikroqarzni ikki baravar oshirilishi tushunmovchilik keltirib chiqaradi. Lekin mikroqarz ajratadigan banklar har bir shaxsga individual yondoshadi. Bu bizning fuqarolarni 50 million so‘m bilan cheklab qo‘ymaylik degan maʼnoda berayotgan taklifimiz. Aytaylik, 60–70 million so‘mlik xarajati bo‘lsa, 2-3 ta joydan mikroqarz olib yurmasdan, bir joydan olishga imkoniyat yaratish borasida qo‘llanadigan chora”,—dedi u.

Avvalroq aholiga ajratiladigan mikroqarz miqdori ikki baravar oshirilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga beriladigan mikroqarzlar miqdori so‘nggi marta 2019-yilda oshirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »