Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastinning Jenin shahridagi qochqinlar lagerida yaradorlar tomon ketayotgan tez yordam mashinasi o‘qqa tutildi, deya xabar bermoqda “Chegara bilmas shifokorlar” ijtimoiy tarmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, voqea kecha tunda yuz bergan. Tibbiy guruh Jenin kasalxonasiga “Isroil qo‘shinlari qochqinlar lageriga bostirib kirganidan keyin” yetib kelgan. Ikki falastinlik halok bo‘lgani, ko‘plari yaralangani xabar qilinmoqda.

Foto: MSF International

“Xodimlarimiz Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari bilan birgalikda og‘ir yaradorlarga yordam ko‘rsatdi. Yaradorlarga yetib borishga harakat qilayotgan tez yordam mashinasiga ham o‘q uzildi. Natijada tez tibbiy yordam xodimlari o‘qdan qochish uchun mashinadan tushib, 20 daqiqa davomida yerda yashirinib yotishgan”, — deyiladi xabarda.

Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, bu 7-oktyabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohildagi tibbiyot muassasalariga qilingan birinchi hujum emas. BMT jami 96 ta mana shunday hujumni hujjatlashtirgan, ulardan 77 tasi tez yordam mashinalariga qaratilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »