Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kecha, 26-oktyabr kuni Markaziy bank rahbariyati va jurnalistlar ishtirokida joriy makroiqtisodiy vaziyat va kelgusida kutilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarga doir matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Muloqotda jurnalist Abror Zohidov Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga banklarda valyuta ayirboshlash jarayonida uzun navbatlar kuzatilishi, bunga yechim sifatida nobank tashkilotlarga yoki jismoniy shaxslarga ham valyuta ayirboshlash shoxobchalari ochishga ruxsat berilishi mumkinmi, degan mazmundagi savol bilan murojaat qildi.

Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, nobank tashkilotlarga valyuta ayirboshlashga ruxsat berish rejada yo‘q.

“Bu borada Markaziy bank o‘zining qatʼiy pozitsiyasiga ega. Yuridik va jismoniy shaxslarga, yaʼni nobank tashkilotlarga valyuta ayirboshlash shoxobchalari ochishga ruxsat berish niyatimiz yo‘q. Banklarning qoshidagi valyuta ayirboshlash shoxobchalarini har qaysi bank o‘zining ehtiyojidan kelib chiqib, rivojlantiraveradi. Markaziy bankda ularga qo‘shimcha valyuta ayirboshlash shoxobchasi ochish yoki bunday shoxobchalarni ko‘paytirish talablarini qo‘yish vakolati yo‘q”, —dedi tashkilot rahbari.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2017-yil 5-sentyabrdan O‘zbekiston banklarida aholi va tadbirkorlar uchun chet el valyutasi erkin va cheklanmagan miqdorda sotila boshlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »