Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tailandda sayyohlar orasida mashhurlik qozongan “suzuvchi poyezd” ishga tushirilmoqda va uning uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Bu haqida Tailand Davlat temiryo‘llari tashkiloti maʼlum qildi.

Foto: SRT

Poyezd Bangkok shahridan yo‘lga chiqadi va poytaxtdan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Lopburi viloyatidagi Pasak Jolasid to‘g‘onigacha boradi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar har yili quruq va sovuq mavsumda yo‘lga qo‘yiladi. Joriy yildagi ilk poyezd 4-noyabr kuni yo‘lga chiqsa, so‘nggi poyezd 28-yanvar kuni yo‘lovchilarni o‘z manziliga eltadi.

Poyezd chiptasi narxi vagon sinfi va yo‘lovchining ortga qaytish yoki qaytmasligiga bog‘liq. Eng arzon chipta narxi 150 bat (4 dollar) bo‘lsa, eng qimmatining narxi 590 bat (16 dollar) gacha boradi.

Poyezdni “suzuvchi” deb atashlariga sabab sayohat vaqtida yo‘lovchi o‘zini suv ustidan yurib borayotgandek his qilishidir. Sayyohlar “suzuvchi” poyezdda manzilga yetib olgach, Lopburi viloyatining diqqatga sazovor maskanlarini ko‘zdan kechirishadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »