Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kuni kecha Toshkent shahrida kuzatilgan 10 ballik tirbandlik holatlari anchagina kamaygan bo‘lsa-da, poytaxtdagi tirbandliklar masalasi hali hanuz kun tartibidan tushgani yo‘q. Ayniqsa, kunning tig‘iz paytlari shaharning bir qator ko‘chalarida turnaqator tirbandliklar kuzatilib turibdi.

 Shu kabi holatlarni ko‘rib, Toshkent shahri ham yirik megapolislar singari trafikni boshqarish muammosiga duch kelayotganligini anglab yetish mumkin.

Misol tariqasida, bugungi kunda Toshkent shahrida 5 mln aholi bo‘lib, uning soni yiliga 100 mingtaga, mavjud 760 ming avtotransport, yiliga 76 mingtaga ortib bormoqda.

 Aholining kunlik harakatlanishga bo‘lgan ehtiyoji 9 mln tashkil etib, undan 3 mln piyoda harakatlanish, 6 mln esa transportda harakatlanishga to‘g‘ri keladi.

 Transportda harakatlanishning 25%, ya’ni 1,5 millioni avtobus, metro va mikroavtobuslarda, qolgan 4,5 millioni, shaharda kun davomida harakatlanadigan bir million (760 mingta doimiy ro‘yxatdagi va 240 mingta kunlik kelib ketuvchi) avtotransportda amalga oshiriladi.

 Yuqoridagi sabablar, yo‘l ta’mirlash ishlari hamda transport oqimini samarali boshqaruv tizimi yo‘qligi, tirbandliklarda harakat tezligi 7 km/soatgacha tushib ketishi, aholining yo‘lga sarflaydigan vaqti bundan 3 - 4 yil oldingiga nisbatan qariyb ikki barobarga ortgani, buning ortidan sekin harakatlanayotgan transportlarning ortiqcha yoqilg‘i sarfi va zararli gazlarni chiqarishi natijasida iqtisodiy yo‘qotishlar va mamlakatimiz ekologiyasiga zarar ham ortib bormoqda.

 
Foto: “Daryo”

 Aholining kunlik harakatlanishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bunda yo‘lga sarflanadigan vaqt va moddiy resurslar samaradorligini oshirishga jahon tajribasiga ko‘ra, sifatli, qulay, xavfsiz va jozibador jamoat transporti tizimini joriy etish orqali erishiladi. 

Shu nuqtayi nazardan hukumatning tegishli tashkilotlari tirbandlikning oldini olish masalasiga bo‘lgan e’tibori ortib bormoqda.

 Jumladan, mavjud holatda aholining harakatlanish yo‘nalishlari va vaqtlari bo‘yicha samarali tashkil etilgan, gavjum joylargacha “bir qadam” tamoyili asosida joylashtirilgan bekatlar va infratuzilma obyektlari, barqaror tezlikda harakatlanadigan, yo‘nalishlari qulay bog‘langan jamoat transporti tizimini joriy etish, uchta asosiy yo‘nalishlarda olib boriladigan ishlar hisobiga amalga oshirilmoqda.

 Birinchidan, shahardagi mavjud oqimlarni (transportniy nagruzkani) yo‘l ko‘cha tarmog‘i bo‘yicha taqsimlanishini, yangi zichlashtiriladigan hududlardan yo‘l tarmog‘iga tushadigan yuklamani, taklif etiladigan jamoat transporti samaradorligini hamda yo‘l ko‘cha tarmog‘iga tushadigan yuklamalarni qayta taqsimlanishini oldindan baholash vositasi sifatida Toshkent shahri transport makromodeli ishlab chiqildi. Xususan, ushbu model “Jahon banki” grant mablag‘lari hisobiga jalb qilingan ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda kalibrovka ishlari amalga oshirilmoqda. Ishlar noyabr oyida yakunlanadi.

 Ikkinchidan, jamoat transporti yangilangan harakat tarkibi (avtobuslar)dan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida avtobuslar yo‘nalish tarmog‘ini doimiy takomillashtirib borish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan umumiy uzunligi 44 km bo‘lgan ko‘cha yo‘l uchastkalarida alohida avtobuslar yo‘lagi tashkil etilib, hozirda ushbu yo‘laklardan 16 mingta avtobus qatnovlari kunlik amalga oshirilmoqda va 600 ming yo‘lovchining kunlik umumiy (o‘rtacha 10 minutdan) 100 ming soat vaqti tejalishiga erishildi.

Uchinchidan, umumiy uzunligi 472 km. bo‘lgan transport doimiy harakatlanadigan asosiy arteriyalar hisoblangan ko‘chalarda, jamoat transporti harakat ustuvorligi, bekatlar va piyodalar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma, transport oqimini samarali muvofiqlashtirilgan boshqaruvi (“aqlli” svetoforlar) tizimini ichiga olgan kompleks chora-tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Shular qatorida joriy holatni yaxshilash, aholini harakatlanishga bo‘lgan ehtiyojini sifatli, qulay va xavfsiz xizmatlar orqali qondirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish zaruriyati kuzatilmoqda.

  • Jamoat transporti samaradorligini oshirish, yo‘lovchilarning harakatlanishga sarflaydigan vaqtlarini kamaytirish maqsadida, peresadka qilishga mo‘ljallangan qulay tariflarni keng qo‘llagan holda qisqa masofali avtobus yo‘nalishlarini joriy etish.
  •  Tirband ko‘chalarda avtobuslar harakat xavfsizligini ta’minlash, harakatlanishda yo‘qotilayotgan vaqtni kamaytirish maqsadida, shohko‘chalarda faqat to‘g‘ri harakatlanadigan magistral avtobus yo‘nalishlarini joriy qilish.
  • Poytaxtga shahar atrofi hududlaridan kunlik kirib keladigan hamda yetkazib chiquvchi va magistral yo‘nalishlar kesishgan joylarda piyodalar uchun qulay xavfsiz muhitni (infratuzilmani) yaratish.
  • Koridor tamoyili asosida svetoforlarning muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimini hamda jamoat transporti infratuzilmasini takomillashtirish (ustuvorlik, qulaylik va xavfsizlikni ta’minlagan holda), umumiy uzunligi 472 km, 605 ta svetofor obyektlari bo‘lgan koridorlarimizda ishlarini amalga oshirish talab etiladi. 

Bu ishlarning birinchi bosqichida umumiy uzunligi 125 km bo‘lgan asosiy yuklamalar va tirbandliklar kun davomida kuzatilayotgan ko‘chalarda amalga oshirilishi kerak.

Ma’lumot uchun: keltirib o‘tilgan zarur ishlardan hozirda, koridor tamoyili asosida yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha, aktual bo‘lib turgan 125 km yo‘l ko‘cha tarmog‘ining 55 km lik uchastkalari (A.Temur, Shahrisabz, Sh.Rustaveli, Yangi Sergeli, Bobur, Samarqand darvoza, Ko‘kcha darvoza, Beshqayrag‘och va boshqalar) ustida ishlar olib borilmoqda.

  •  Aglomeratsiya hududini bog‘laydigan temiryo‘l yo‘lovchi tashish (elektrichka) tizimini takomillashtirish, yangi avtobus yo‘nalishlarini joriy etish hamda qulay transport o‘tish bog‘lamalarini tashkil etish orqali shaharga kiruvchi transport oqimini kamaytirish.
  •  Shaharda yuk transporti harakatini cheklash va THAY bo‘ylab aylanma harakatlanishga yo‘naltirish, shahar ichidagi yuk transporti harakatlanadigan vaqti va yo‘llarini aniq belgilab berish.
  •  Avtomobil yo‘lining temiryo‘l bilan kesishmalarida, transport bog‘liqligiga talab yuqori bo‘lgan (belgilangan kriteriyalar asosida aniqlangan) hududlarda kanallar ustidan hududlarni bog‘lovchi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni qurish.

Avtomobil sanoati keskin rivojlana boshlagandan buyon yirik shaharlarda shu jumladan poytaxtimizda ham tinimsiz ravishda tirbandliklar sodir bo‘lmoqda. Oqibatda, ko‘plab insonlarning qimmatli vaqti ko‘chada o‘tib ketmoqda.

 Yo‘llarda tirbandliklarning kelib chiqishiga bir nechta omillar sabab bo‘ladi. Jumladan, mashinalar sonining o‘ta ko‘pligi, ko‘chalarda qurilish-ta’mirlash ishlarining o‘tkazilishi, haydovchilarning tartibsiz harakatlanishi, yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishi yoki noqulay ob-havo sharoiti mashinalar harakatini cheklab qo‘yishi mumkin.

Shu munosabat bilan mahalliy hokimiyat vakillari tirbandlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni asosiy vazifalari etib belgilab xorijiy tajribada sinovdan o‘tgan loyihalarni amalga oshirmoqda.

Shu bilan birga raqamlashtirish va innovatsiyalardan keng foydalanish mazkur masalani yechimi sifatida qaralmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »