Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) bosh komissari Filipp Lazzarini BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarni falastinliklarning “ommaviy jazolanishi” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, qurbonlarning 70 foizi ayollar va bolalardir, buni esa shunchaki urushdagi yo‘qotish deb bo‘lmaydi.

Foto: Global Look Press
“G‘azoda xavfsiz joy yo‘q. 670 mingdan ortiq ko‘chirilgan odamlar maktablar va UNRWA binolariga kelib joylashgan. Ular dahshatli antisanitariya sharoitida yashamoqda, oziq-ovqat yetarli emas, ular matrassiz polda yoki ko‘chada ochiq osmon ostida uxlashyapti. Ochlik va umidsizlik xalqaro hamjamiyatga qarshi g‘azabga aylanmoqda”, — dedi Lazzarini.

U G‘azoda tinch aholi boshpana qilgan binolar ayovsiz zarbaga uchrayotganini qo‘shimcha qildi.

“Maʼlumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 70 foizi bolalar va ayollardir. Save the Children tashkilotining kechagi hisobotiga ko‘ra, G‘azoda uch hafta ichida 3 200 ga yaqin bola o‘ldirilgan. Bu 2019-yildan beri har yili global mojaro zonalarida halok bo‘lgan bolalar sonidan oshib ketdi. Buni urush zarari deyish mumkin emas. Cherkovlar, masjidlar, kasalxonalar, UNRWA binolari... hech birini ayashmayapti. Ko‘p odamlar xavfsiz joy izlab halok bo‘ldi. G‘azoning bu tarzda qamal qilinishi ommaviy jazolash hisoblanadi”, — dedi UNRWA Bosh komissari.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus Twitter’da G‘azo sektoridagi shifoxonalar nega hanuzgacha evakuatsiya qilinmaganini tushuntirgandi.

“Takror aytamiz — bemorlar bilan to‘la shifoxonalarni ularning hayotini xavf ostiga qo‘ymasdan evakuatsiya qilishning iloji yo‘q. Xalqaro gumanitar qonunlarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash har doim himoyalangan bo‘lishi kerak”, — deb yozadi JSST rahbari.

JSST, shuningdek, G‘azoda favqulodda xizmatlarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar va yoqilg‘i yetishmasligini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »