Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiyaning Parij shahrida 2023-yilgi “Oltin to‘p” sohibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Argentinalik futbolchi Lionel Messi o‘z faoliyatida 8-marta “Oltin to‘p”ga ega chiqdi. O‘tgan mavsum “PSJ” safida to‘p surgan Leo Messi joriy mavsum “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda. Leo Argentina terma jamoasi bilan JCH—2022 da g‘alaba qozongandi.

“Real” futbolchisi Jud Bellinghem eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan “Kopa Trofi” sovrinini qo‘lga kiritdi. Madridliklar vingeri Vinisius Junior esa Sokrates nomidagi sovrin sohibiga aylandi.

Argentina terma jamoasi va “Aston Villa” darvozaboni Emiliano Martines eng yaxshi darvozabonga beriladigan Lev Yashin sovriniga ega chiqdi. 

Norvegiya va “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandga eng yaxshi to‘purarga beriladigan Gerd Myuller sovrini nasib etdi.

“Barselona” ayollar jamoasi futbolchisi Aytana Bonmati ham “Oltin to‘p”ga loyiq ko‘rildi.

“Oltin to‘p” uchun ovoz berish natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

30. Ruben Diash (“Manchester Siti”)

28-29. Randal Kolo-Muani (“Ayntraxt” / “PSJ”)

28-29. Martin Edegor (“Arsenal”)

27. Nikolo Barella (“Inter”)

26. Jamal Musiala (“Bavariya”)

25. Yoshko Gvardiol (“Leypsig” / “Manchester Siti”)

24. Bukayo Saka (“Arsenal”)

23. Andre Onana (“Inter” / “Manchester Yunayted”)

22. Kim Min Chje (“Napoli” / “Bavariya”)

21. Antuan Grizmann (“Atletiko”)

20. Lautaro Martines (“Inter”)

19. Harri Keyn (“Tottenhem” / “Bavariya”)

18. Jud Bellinghem (“Borussiya Dortmund” / “Real Madrid”)

17. Hvicha Kvarasxeliya (“Napoli”)

16. Karim Benzema (“Real Madrid” / “Al-Ittihod”)

15. Emiliano Martines (“Aston Villa”)

14. Ilkay Gundo‘g‘an (“Manchester Siti” / “Barselona”)

13. Yassin Bunu (“Sevilya” / “Al-Hilol”)

12. Robert Levandovski (“Bavariya”)

11. Muhammad Saloh (“Liverpul”)

10. Luka Modrich (“Real Madrid”)

9. Bernardu Silva (“Manchester Siti”)

8. Viktor Osimhen (“Napoli”)

7. Xulian Alvares (“Manchester Siti”)

6. Vinisius Junior (“Real Madrid”)

5. Rodri (“Manchester Siti”)

4. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”)

3. Kilian Mbappe (“PSJ”)

2. Erling Holand (“Manchester Siti”)

1. Lionel Messi (“PSJ” / “Inter Mayami”).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »