Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazmning Bog‘ot tumanidagi maktabda o‘qituvchi dars payti o‘quvchini ayovsiz kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘qituvchi ishdan olinganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, holat Bog‘ot tumanidagi 2-IDUMda 30-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Tarix fani o‘qituvchisi Q.H. 9-sinf o‘quvchisi M.B.ni qayta-qayta ogohlantirishiga qaramasdan, dars mashg‘ulotiga tayyorgarliksiz kelgani uchun kaltaklagan. Holat sinfdagi o‘quvchi tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylangan.

“Bugungi kunda ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi uning xohishiga ko‘ra bekor qilinganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabarida.

Ayni paytda Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil ham holatga munosabat bildirib, o‘qituvchi tomonidan bolaga nisbatan bunday noma’qul muomalada bo‘lishi, uni urishi, tahqirlashiga hech bir holatda mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, bu borada bolaning manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur bo‘lgan barcha choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »