Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Frankfurt-Mayn sudi Germaniya Bosh prokuraturasi tomonidan milliarder Alisher Usmonovga nisbatan tergov doirasida olib qo‘yilgan hujjatlar va mol-mulkning musodara qilinishini noqonuniy deb topdi va ularni qonuniy egalariga qaytarishni buyurdi.

O‘tgan yili Germaniya Bosh prokuraturasi tomonidan Gamburgdagi “Dilbar” yaxtasida va Frankfurt-Mayn yaqinidagi Usmonov do‘stining oilasiga tegishli kvartirada tintuvlar o‘tkazilgan edi.

2023-yilda sud ayblovning dalillarini “noaniq shubhalar” va “asossiz taxminlar” deb ta’riflab, yetarli asoslar yo‘qligi sababli tergovni noqonuniy deb topdi.

Alisher Usmonovning advokati musodara qilingan materiallardan foydalanishni to‘xtatib, uni egalariga qaytarishni talab qildi. 2023-yil 26-oktyabrda sud bu talabni qanoatlantirdi va bu bilan musodara qilish noqonuniy bo‘lganini tasdiqladi.

Foto: Google Images 

Usmonov vakillarining fikricha, hibsga olingan mol-mulk noqonuniy olib qo‘yilgani sud tomonidan tan olinishiga qaramay, prokuratura tomonidan hanuzgacha saqlab turilgani qasddan qilingan huquqbuzarlikdir.

“Germaniyada Usmonovga nisbatan sud ishi qo‘zg‘atilishi boshlanganidan beri rasmiylarning xatti-harakatlari shubhalarga to‘la bo‘lib, jiddiy qonunbuzarliklar bilan ajralib turadi. Sudlar noqonuniy qarorlarni izchil va muvaffaqiyatli bekor qiladi. Shunday qilib, may oyida Frankfurt sudi o‘tgan yilgi shov-shuvli tintuvlarning asossizligi va noqonuniyligi haqidagi savollarga nuqta qo‘ydi.

Keyin Usmonovning advokatlarini qo‘rqitish maqsadida Myunxen advokatlik firmasida o‘tkazilgan tintuv noqonuniy deb e’lon qilindi. Nemis huquq-tartibot idoralari qonun doirasida harakat qila boshlashi uchun yana qancha sud qarorlari qabul qilinishi kerak?” — dedi Usmonovning gamburglik advokati Yoaxim Nikolaus Shtaynxefel.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »