Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev, tuman kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Sessiyada Akmal Mahmudaliyev tuman hokimi lavozimiga ayni kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sarvar Sultonov nomzodini tavsiya etgan.

Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Sessiya davomida, shuningdek, tumanda iqtisodiyot, tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasidagi ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olingan.

Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa Niyoz Xazratqulov shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Tayinlovga qadar u “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Guliston filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Avvalroq Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumani hokimi etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari Nishon tumaniga, Nishon hokimi esa Muborak tumaniga hokim bo‘ldi, Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov Qarshi tumani hokimi sifatida ish boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »