Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anvar Karimov Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Ma’lum qilinishicha, 31-oktyabr kuni Xalq deputatlari Sayxunobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Viloyat hokimi Akmal Mahmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rilgan.

Farrux O‘ktamjonov boshqa ishga o‘tayotgani sababli o‘z lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Anvar Karimov nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Anvar Karimov shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq vazir o‘rinbosari Nishon tumaniga, Nishon hokimi esa Muborak tumaniga hokim bo‘lgani, Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov Qarshi tumani hokimi sifatida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »