Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 1-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” “Nyukasl”ga qarshi bahs olib bordi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Nyukasl” safida Almiron, Holl va Uilloklar gol mualliflariga aylandi. 

“Arsenal” esa “Vest Hem”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 16-daqiqasida “kanonirlar” futbolchisi Ben Uayt o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 50-daqiqada Muhammad Kudus hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 60-daqiqada Jarrod Bouen ham o‘z nomiga gol yozdirdi. O‘yin yakuniga Martin Edegor hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa “Arsenal” musobaqani tark etdi. 

“Chelsi” Badyashil va Sterlingning gollari evaziga “Blekbern”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

“Liverpul” “Bornmut”ni 2:1 hisobida taslim etdi. Mersisaydliklar safida Kodi Gakpo va Darvin Nunyeslar gol urgan bo‘lsa, “Bornmut” tarkibida Jastin Klyuyvert yagona gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa Angliya Liga Kubogi chorak finalida “Chelsi” “Nyukasl”ga qarshi bahs olib borsa, “Liverpul” “Vest Hem” bilan kuch sinashadi. 


Angliya Liga Kubogi

1/8 final

1-noyabr, chorhanba

“Manchester Yunayted” — “Nyukasl” 0:3

Gollar: 0:1 – 28 Almiron, 0:2 – 36 Holl, 0:3 – 60 Uillok.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot (Uan-Bissaka, 46), Maguayr, Lindelef, Regilon, Kazemiro (Amrabat, 46), Maunt, Mejbri (Brunu Fernandesh, 65), Antoni, Garnacho (Reshford, 65), Marsyal (Heylund, 64).

“Nyukasl”: Dubravka, Livramento, Dammett, Kraft, Holl (Bern, 74), Targett (Almiron, 5), Longstaff, Uillok (Bruno Gimaraes, 64), Ritchi (Trippyer, 75), Joelinton, Gordon (Uilson, 64).

Ogohlantirishlar: Mejbri (14), Kazemiro (19), Uillok (46), Regilon (77), Amrabat (79), Joelinton (82).

“Vest Hem” — “Arsenal” 3:1

Gollar: 1:0 – 16 Uayt (avtogol), 2:0 – 50 Kudus, 3:0 – 60 Bouen, 3:1 – 90 Edegor.

“Vest Hem”: Fabianski, Soufal, Mavropanos, Agerd, Emerson, Souchek, Lukas Paketa, Alvares, Kudus (Kerer, 89), Benrahma (Uord-Prouz, 81), Bouen.

“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Kiver, Zinchenko (Tomiyasu, 57), Jorjinyo (Rays, 57), Haverts, Fabiu Vieyra, Trossard (Martinelli, 66), Nelson (Saka, 66), Nketia (Edegor, 80).

“Chelsi” — “Blekbern” 2:0

Gollar: 1:0 – 30 Badyashil, 2:0 – 59 Sterling.

“Chelsi”: Sanches, Jeyms (Gyusto, 61), Disasi, Badyashil (Koluill, 61), Kukurelya, Gallaher, Fernandes (Matos, 87), Palmer (Madueke, 87), Ugochukvu, Sterling, Jekson (Kaysedo, 76).

“Blekbern”: Valstedt, Brittan, Xill, Karter (Uorton, 61), Pikering, Trevis, Moran (Sigurdsson, 74), Uorton, Garrett, Markanday (Dolan, 61), Leonard (Ennis, 74).

Ogohlantirishlar: Pikering (23), Sigurdsson (81).

“Bornmut” — “Liverpul” 1:2

Gollar: 0:1 – 31 Gakpo, 1:1 – 64 Klyuyvert, 1:2 – 70 Nunyes.

“Bornmut”: Radu, Smit (Aarons, 82), Mifem, Zabarniy, Kerkez, Kristi, Billing (Taverne, 61), Skott (Mur, 81), Klyuyvert (Traore, 74), Solanke, Semeno (Bruks, 74).

“Liverpul”: Kellexer, Gomes, Matip, Kuansa, Simikas, Endo (Aleksander-Arnold, 61), Jons (Mak Allister, 61), Elliott (Nunyes, 60), Soboslai (Gravenberx, 76), Saloh, Gakpo (Diogu Jota, 81).

Ogohlantirishlar: Kerkez (53), Gakpo (55), Skott (55), Iraola (66).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »