Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSh Moskva va Sankt-Peterburgga yadroviy zarba berilgan taqdirda qancha inson halok bo‘lishini hisoblab chiqdi. Nukemap ma'lumotlariga ko'ra, bomba tushgan joydan taxminan 3 km uzoqlikdagi radiusda binolar qulab tushadi va yong'in chiqadi.

Newsweek tomonidan Nukemap xizmatidan foydalangan holda amalga oshirilgan modellashtirishga ko'ra, 360 kilotonnalik B61-13 yadroviy bombasi 12,6 million aholisi bo'lgan Moskvaga katta zarar etkazishi mumkin. Pentagonning yangi bombasi qurbonlari soni 311 480 kishini tashkil etishi mumkin, yana 868 860 nafar inson jarohatlanadi.

Foto: Google images

Portlash joyidan 3 km radiusda bo‘lgan har bir kishi shu qadar yuqori darajadagi nurlanish taʼsiriga tushib qoladiki, ular bir oy ichida nobud bo‘lishadi va omon qolganlarning 15 foizi keyinchalik saraton kasalligidan vafot etadi, deb yozadi Newsweek.

Portlash joyidan taxminan 1 km radiusdagi hamma narsa olov shari tomonidan yo'q qilinadi.

Agar B61-13 bombasi Sankt-Peterburgga tashlanadigan bo'lsa, uning ta'siri yanada dahshatli bo'lishi mumkin: taxminan 360 150 kishi halok bo'ladi va 685 930 kishi yaralanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »