Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Misr va Iordaniya o‘z ta’sir doirasini Isroilga qarshi ikkinchi front ochishdan qaytarish uchun foydalanishga kelishib oldilar.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Misr va Iordaniyadan kelgan hamkasblari bilan Ammanda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Reuters
“Bugun barchamiz Falastin-Isroil mojarosini keskinlashtirishga sabab bo‘ladigan ikkinchi front ochishni to‘xtatish uchun o‘z taʼsirimiz va imkoniyatlarimizdan foydalanish muhimligini tan oldik. Biz barchamiz bundan manfaatdormiz”, — dedi Blinken.

Avvalroq Entoni Blinkenning Kongressdagi nutqini G‘azo aholisini qo‘llab-quvvatlagan namoyishchilar bo‘lib qo‘ygani xabar qilingandi.

Namoyishchilar G‘azo sektorida “o‘t ochishni to‘xtatish”ni talab qildi. Faollar Kongress zaliga kirib, Blinkenning nutqini kutgan. Shundan keyin, ular qizil bo‘yoqqa bo‘yalgan qo‘llarini ko‘tarib, G‘azo sektori aholisini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytishni boshlagan. Ularni zaldan Kapitoliy politsiyasi olib chiqib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »