Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

3-noyabr kuni Falastin hukumati Isroil minglab falastinlik ishchilarni qamal ostidagi G‘azoga qaytarib yuborganini ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

G‘azodan borgan 18 mingga yaqin falastinlik ishchilarga Isroilda “qora ishlar”ni qilishga ruxsat berilgandi. Ishsizlik darajasi 50 foizga yaqin G‘azo sektoridan borganlar uchun ruxsatnoma talab qilinadi. Isroil so‘nggi yillarda ruxsatnoma berishni boshladi, bu chora G‘azoni barqarorlashtirish va HAMASni yumshatishga yordam berishi kutilgan.

2-noyabr kuni kechqurun Isroil ishchilarning ruxsatnomalarini bekor qilish va ularni deportatsiya qilishini bildirdi.

Ertasi kuni uylariga jo‘natilgan ishchilar Isroil qamoqxonalaridagi ommaviy reyd va hibslar haqida gapirib berdi. Ba’zilar Isroil rasmiylarining noto‘g‘ri munosabati tufayli ko‘karishlar va boshqa jarohatlar bilan, boshqalar ruhiy shikastlangan holda qaytishdi, deb yozadi AP.

Foto: AP Photo

Kamida bir kishi, 61 yoshli Mansur Varsh og‘a tobutda keltirildi.

Hibsga olingan ishchilar G‘arbiy Sohildagi Anatot va Ofer harbiy qamoqxonalariga yuborilgan. U yerda ishchilar ko‘zlari bog‘langani, so‘roqqa tutilgani, qayta-qayta kaltaklangani, uzoq vaqt davomida suv va ovqatdan mahrum etilganini aytib berishdi.

Isroildagi inson huquqlari tashkilotlari mamlakat falastinlik ishchilarni hech qanday ayblovlarsiz va qonuniy vakilliksiz hibsga olganini aytmoqda.

Deportatsiya qilingan 10 000 ga yaqin falastinlik juma kuni G‘azoga qaytib keldi, dedi anklav chegara punktlari matbuot kotibi Vael Abu Umar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »