Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonga yanvar-oktyabr oylarida xorijning 19 ta davlatidan 22 492 ta elektromobil olib kelingan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, olib kelingan elektromobillarning umumiy qiymati 582,3 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan import hajmi 6 barobardan yuqori o‘sgan.

Xitoy eng ko‘p elektromobil import qilingan mamlakat sifatida yetakchilikni saqlab qolmoqda. O‘tgan 10 oyda ushbu mamlakatdan jami 20 642 dona (91,foiz) elektromobil olib kelingan.

Shuningdek, Gongkongdan 1258 dona, Birlashgan Arab Amirliklaridan 147 dona elektromobil import qilingan. Kuchli beshlikka Janubiy Koreya, AQSH yakun yasamoqda, mazkur davatlardan mos ravishda 136 hamda 134 dona elektromobil olib kelingan.

O‘zbekistonga 2023-yilning yanvar—mart oylarida 1 668 dona elektromobil import qilingan. Shuningdek, mart oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi sezilarli darajada oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bir oy ichida “inomarka”lar bo‘yicha bitimlar soni 15 foizga ko‘paygan va 2,9 ming donaga yetgan. Fevral oyida esa elektromobillar sotuvi 746 donani tashkil etib, rekord qayd etgan edi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, iyun oyida yengil elektromobillar savdosi 8,7 foizga o‘sdi va 2,1 mingtani tashkil etgan. Toshkent shahri elektromobillar savdosi bo‘yicha yetakchiligicha qolmoqda — 1,6 mingta. Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida mos ravishda 105 dona va 102 dona sotilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »