Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga neft xomashyosi yetkazib berish hajmini 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu 2023-yilning 3-noyabr kuni Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatda qayd etilgan.

Hujjatni Rossiya energetika vazirining birinchi o‘rinbosari P.Sorokin, O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari A.Axmedxadjayev va Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari E.Akkenjenov imzoladi.

Foto: Minenergy.uz

Hujjatda qayd etilishicha, kelishuvni amalga oshirishda Omsk – Pavlodar – Chimkent – Shagir neft quvuri orqali yuk tashishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shartnomada tomonlarning uzoq muddatli asosda 2024-yilda va keyingi yillarda neft xomashyosi yetkazib berishni 1 mln tonnaga yetkazish bo‘yicha tijorat shartnomalarini amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, neft xomashyosining o‘zaro maqbul narxini kelishish hamda uning hajmini oshirishni hisobga olgan holda, tomonlarning mamlakatlari hududi bo‘ylab neft xomashyosini to‘liq hajmda to‘sqinliksiz tashish taʼminlanadi.

Ushbu shartnoma quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga imkon beradi:

- joriy yilning 6-7-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan muhokamalar chog‘ida uch Davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvni tezkorlik bilan amalga oshirish;

- transport xarajatlarini hisobga olgan holda, temiryo‘l orqali yetkazib berishga nisbatan arzonroq bo‘lgan neft quvurlari taʼminotini rivojlantirish;

- O‘zbekiston Respublikasi hamda chegaradosh hududlarning neft quvurlari infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;

- neft xomashyosi bilan barqaror taʼminlash va mamlakatimizda yuqori sifatli benzin hamda boshqa yoqilg‘i-moylash materiallarini ishlab chiqarish hajmining oshishi munosabati bilan O‘zbekistondagi neftni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan ikkita zavodning ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish;

- benzin ishlab chiqarishning ko‘payishi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ham kengaytirish imkonini yaratadi. Bu esa xizmat ko‘rsatish hamda yoqilg‘i sotish geografiyasi bo‘yicha aholiga sifat jihatidan yangi xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi;

- Rossiya neft xomashyosining barqaror taʼminoti mavjud neftni qayta ishlash quvvatlarini modernizatsiya qilishga, shuningdek, yangilarini qurish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »