Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 11-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Inter” safarda “Atalanta” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Hoqon Chalhano‘g‘lu penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 57-daqiqada Lautaro Martines hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Janluka Skamakka hisobni qisqartirdi. Biroq ushbu gol yetarli bo‘lmadi va “Inter” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Qayd etib o‘tish joiz, o‘yin so‘ngida “Atalanta” futbolchisi Rafael Toloi qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

“Milan” o‘zida “Udineze”ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.


A Seriya

11-tur bahslari

4-noyabr, shanba

“Atalanta” – “Inter” 1:2

Gollar: 0:1 – 40 Chalhano‘g‘lu, 0:2 – 57 Martines, 1:2 – 61 Skamakka.

“Atalanta”: Musso, Dzappakosta (Xatebur, 55), Djimshiti, Kolashinas (Pashalich, 55), Skalvini (Toloi, 62), Rujeri, de Ron, Ederson, Kopmeyners (Muriel, 80), Lukman (de Ketelare, 80), Skamakka.

“Inter”: Zommer, Dumfris, de Vrey, Acherbi, Pavar (Darmian, 33), Dimarko (Karlos Augusto, 70), Mxitaryan (Frattezi, 70), Chalhano‘g‘lu (Aslani, 86), Barella, Tyuram, Martines (Sanches, 86).

Ogohlantirishlar: de Ron (26), Kolashinas (35), Toloi (85), Dumfris (89).

Chetlatish: Toloi (90).

“Milan” – “Udineze” 0:1

Gol: 0:1 – 62 Pereyra (penalti).

“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav, Florensi, Musa (Romero, 82), Krunich (Adli, 46), Reynders (Loftus-Chik, 67), Jiru, Yovich (Okafor, 46), Rafael Leau.

“Udineze”: Silvestri, Ebosele (Joau Ferreyra, 84), Kabasele, Biyol, Peres, Zemura (Kamara, 84), Uolas, Payero (Lovrich, 72), Samarjich (Toven, 78), Pereyra, Saksess (Lukka, 84).

Ogohlantirishlar: Krunich (18), Peres (54), Kabasele (55).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »