Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 11-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 5-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Roma” o‘z maydonida “Lechche”ni qabul qildi. Uchrashuvning 5-daqiqasida rimliklar penalti ishlab oldi. Romelu Lukaku tomonidan ijro etilgan penalti raqib darvozaboni tomonidan bartaraf etildi. Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda “Lechche” hisobni ochdi. Pontus Almkvist 72-daqiqada o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 90+2-daqiqada Sardor Azmun hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+4-daqiqada Romelu Lukaku Rim jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Kalyari” “Jenoa”ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qayd etib o‘tish joiz, Shomurodov uchrashuvda maydonga tushirilmadi.


A Seriya

11-tur bahslari

5-noyabr, yakshanba

“Roma” – “Lechche” 2:1

Gollar: 0:1 – 71 Almkvist, 1:1 – 90+2 Azmun, 2:1 – 90+4 Lukaku.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Zalevski, 78), Lyorente, Manchini (Kristensen, 78), Ndika, Kristante, Auar (Azmun, 73), Bove (Sanshesh, 70), Dibala, Lukaku, ash-Shaaravi (Belotti, 78).

“Lechche”: Falkone, Jandre, Baskirotto, Pongrachich, Dorgu (Gallo, 62), Ramadani, Rafya (Gonsales, 62), Kaba, Banda (Strefessa, 74), Almkvist (Tuba, 80), Krstovich (Pikkoli, 80).

Ogohlantirishlar: Banda (17), Dorgu (27), Sanshesh (76), Ramadani (77), Tuba (81), Strefessa (87), Lyorente (89), Lukaku (90).

“Kalyari” – “Jenoa” 2:1

Gollar: 1:0 – 48 Viola, 1:1 – 51 Gudmundsson, 2:1 – 69 Zappa.

“Kalyari”: Skuffet, Goldaniga, Xasidyakos (Zappa, 46), Dossena, Aujello (Obert, 90), Mankozu (Viola, 46), Yankto (Assi, 78), Makumbu, Prati, Oristanio (Petanya, 64), Luvumbu.

“Jenoa”: Jozep Martines, Sabelli, Vaskes, Dregushin, de Vinter, Aaron Martin (Xaps, 66), Badel (Pushkash, 59), Strotman (Torsbyu, 59), Frendrup, Malinovskiy (Ekuban, 84), Gudmundsson.

Ogohlantirishlar: Malinovskiy (28), Gudmundsson (71), Goldaniga (71), Petanya (90), Viola (90), Skuffet (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »