Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Energetika va suv vazirligi maslahatchisi Faruq A’zam Afg‘oniston suvi boshqarilsa, qo‘shni mamlakatlar suvga muhtoj bo‘lishini aytdi. Bu haqda RTA Dari nashri xabar berdi.

A’zam Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan anjumanda shunday bayonotlar bergan. U Afg‘onistonda yetarli suv borligi, agar u boshqarilsa, qo‘shni davlatlar unga muhtoj bo‘lishini aytgan. Vazir maslahatchisi xususiy sektorga suv xo‘jaligida ishlashga ruxsat berishni so‘ragan.

So‘nggi yillarda Afg‘onistonning suv to‘g‘onlari qurishi qo‘shni davlatlar, xususan, Eronda ham xavotir va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Bu yil Eron va “Tolibon” o‘rtasidagi suv muammosi bir-birini ogohlantirish darajasiga yetdi. Eron Afg‘onistonni Hilmand daryosi suvi taqsimotini cheklaganlikda ayblab, “Tolibon” Kajaki to‘g‘oni suvining Eronga kirishiga to‘sqinlik qilayotganini bildirdi.

“Tolibon”ga ko‘ra, qurg‘oqchilik tufayli Hilmand daryosidagi suv Eronga yetib bormaydi.
Eron delegatsiyasining Kajaki to‘g‘oniga tashrifidan so‘ng, tomonlar o‘rtasidagi keskinlik pasaygan bo‘lsa-da, tashrif natijalari ochiqlanmagan.

Ayni damda Eron hukumati mamlakatning suv huquqlariga alohida e’tibor qaratishini ta’kidlamoqda. Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon yaqinda Tehronda “Tolibon” bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar bilan uchrashuvda suv muammosining nozikligi va uning atrof-muhit va odamlar hayotiga bevosita taʼsiri haqida gapirdi. U Afg‘oniston hukumati Eronning suv huquqlarini ta’minlashga e’tibor qaratishi lozimligini aytgan.

Bundan tashqari, Qo‘shtepa kanali loyihasi Amudaryoning suv resurslarini boshqarish sohasidagi yirik loyihalardan biridir, u hozirda Afg‘oniston shimolida amalga oshirilmoqda.
“Tolibon” kanalning birinchi bosqichi ishga tushirilganini aytmoqda, ammo Markaziy Osiyo davlatlari bu loyihadan xavotirda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyayev yaqinda “Tolibon” tomonidan Qo‘shtepa kanali qurilishi Markaziy Osiyodagi suv rejimi va muvozanatini o‘zgartirishini aytgandi. “Tolibon” esa O‘zbekiston Qo‘shtepa kanalidan zarar ko‘rmasligiga va’da bergan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »