Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

5–6-noyabr kunlari Turkiyaga tashrif buyurishi e’lon qilingan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bir kun kechikib, Anqaraga yetib keldi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda. 

Foto: Sözcü 

AQSH davlat kotibini Qo‘shma Shtatlarning Anaqaradagi elchisi Jeffrey Flake, Turkiya Tashqi ishlar vazirligining Amerika bo‘yicha ikki tomonlama siyosiy ishlar bosh direktori Yaprak Balkan, Anqara gubernatorining o‘rinbosari Namiq Kemal Nazli va ko‘plab rasmiylar kutib oldi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va Blinken o‘rtasida bugun bo‘lib o‘tadigan rasmiy uchrashuvda G‘azodagi vaziyat, Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi, Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish, mintaqaviy va ikki tomonlama muammolarning muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ushbu tashrif G‘azo sektoridagi vaziyat keskinlashgan bir pallada yuz berdi. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Turkiyaga kelishdan oldin Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sadaniy bilan uchrashgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »