Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Paxtakor” 7-noyabr, seshanba kuni “Ahal”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda “sherlar” bir kishi kam bo‘lib qoldi. 64-daqiqada Odiljon Hamrobekov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 81-daqiqada Alibek Abdurahmonov “Ahal”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa “Paxtakor” a’zosi Hojimat Erkinov darvozani ishg‘ol qilib, jamoasining durang natija qayd etishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

“Paxtakor” ushbu durangdan so‘ng 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Ahal” ham xuddi shuncha ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.


OCHL

4-tur bahsi

7-noyabr, seshanba

“Ahal” – “Paxtakor” 1:1

Gollar: 1:0 — 81 Abdurahmonov, 1:1 — 90+5 Erkinov.

“Ahal”: 96. Rahat Japarov, 3. Shuhrat Soyunov, 5. Hakmuhammet Bashimov, 7. Meylis Diniev, 8. Adilbek Ravshanov (18. Salim Umarov, 82), 9. Gurban Annayev (11. Dayanch Meredov, 62), 10. Elman Tagaev, 27. Yazqilich Gurbanov, 30. Alibek Abdurahmonov, 71. Ategeldi Geldiyev, 98. Dovran Hojamammedov.

“Paxtakor”: 36. Pavel Pavlyuchenko, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev (11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 73), 10. Dragan Cheran (19. Pshemislav Banashak, 73), 20. Hojimat Erkinov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 28. Diyor Xolmatov, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Dilshod Saitov, 88. Shahzod Azmiddinov.

Ogohlantirishlar: Shuhrat Soyunov (33), Yazqilich Gurbanov (44), Shahzod Azmiddinov (49).

Chetlatish: Odiljon Hamrobekov (65).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »