Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident Vladimir Putinning fikricha, NATO o‘zining geografik ko‘lamini kengaytirib, Osiyoga kirishga harakat qilmoqda, Qo‘shma Shtatlar esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasida keskin vaziyat yaratmoqda.

Bu haqda u Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Yusya bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Biz ba’zi mamlakatlarning o‘z ta’sir zonasini kengaytirishga urinishlarini ko‘rmoqdamiz va Shimoliy Atlantika alyansi o‘z doktrinal hujjatlarini buzgan holda, geografik chegaralaridan tashqariga chiqishga urinmoqda”, — dedi Vladimir Putin.
Foto: RBK
 

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar NATO davlatlarini Osiyo-Tinch okeani mintaqasida “tang vaziyatni yaratishga” tortmoqda va yangi harbiy-siyosiy ittifoqlar tuzmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va qo‘shma mashg‘ulotlar orqali bu kabi harakatlarga “xotirjamlik bilan” javob berish uchun birgalikda harakat qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »