Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 7-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Milan” o‘z maydonida “PSJ”ni qabul qildi. Uchrashuvning 9-daqiqasida parijliklar futbolchisi Milan Shkrinyar hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Rafael Leau hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda Milan klubi hisobda oldinga chiqib oldi. 50-daqiqada Olivye Jiru Ernandesning uzatmasini golga aylantirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Milan” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Manchester Siti” “Yang Boys”ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Shaharliklar” safida Fil Foden bitta gol urgan bo‘lsa, Erling Holand dublni rasmiylashtirdi. 

Madridning “Atletiko” jamoasi “Seltik” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. “Matraschilar” tarkibida Saul va Samuel Lino bir martadan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Antuan Grizmann va Alvaro Moratalar ikkitadan gol urdi. 


YCHL

4-tur

7-noyabr, seshanba

“Milan” – “PSJ” 2:1

Gollar: 0:1 – 9 Shkrinyar, 1:1 – 12 Rafael Leau, 2:1 – 50 Jiru.

“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav, Ernandes, Loftus-Chik, Pulishich (Florensi, 90), Reynders, Musa (Krunich, 84), Rafael Leau (Okafor, 85), Jiru.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinyos, Shkrinyar (Barkolya, 89), Ernandes (Mukiele, 65), Ugarte (Fabian Ruis, 60), Vitinya (Li Kan In, 60), Zair-Emeri, Dembele, Mbappe, Kolo-Muani (Gonsalu Ramush, 60).

Ogohlantirishlar: Vitinya (24), Kolo-Muani (29), Ugarte (43), Ernandes (55), Musa (66), Shkrinyar (80).

“Manchester Siti” – “Yang Boys” 3:0

Gollar: 1:0 – 23 Holand (penalti), 2:0 – 45 Foden, 3:0 – 51 Holand.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker (Fillips, 61), Ruben Diash, Gvardiol, Stounz (Ake, 46), Lyuis, Kovachich (Doku, 80), Grilish, Foden, Mateush Nunesh, Holand (Bobb, 61).

“Yang Boys”: Rachoppi, Djanko (Blum, 66), Benito, Kamara, Amenda, Garsiya (Persson, 78), Ugrinich (Males, 88), Lauper, Nyasse, Elia (Ganvula, 78), Itten (Chaiva, 65).

Ogohlantirishlar: Benito (15), Lauper (19), Amenda (77).

Chetlatish: Lauper (53).

“Atletiko” – “Seltik” 6:0

Gollar: 1:0 – 6 Grizmann, 2:0 – 45 Morata, 3:0 – 60 Grizmann, 4:0 – 66 Lino, 5:0 – 76 Morata, 6:0 – 84 Saul.

“Atletiko”: Oblak, Molina (Aspilikueta, 71), Ximenes (Seyunjyu, 77), Ermoso, Vitsel, Rikelme (Lino, 65), Koke, Barrios (Lyorente, 46), Korrea, Grizmann (Saul, 65), Morata.

“Seltik”: Hart, Jonston, Karter-Vikers, Skeylz, Teylor, Makgregor (Ivata, 71), Orayli (Xolm, 46), Paulu Bernardu (Ternbull, 61), Maeda, Palma (O Xen Gyu, 46), Furuxasi (Yan Xen Chjun, 61).

Ogohlantirishlar: Palma (36), Seyunjyu (90).

Ogohlantirish: Maeda (23).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »