Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘p hollarda ijtimoiy tarmoqlarda magnit bo‘roni va undan ehtiyot bo‘lish haqida xabarlar tarqalib turadi. Unda magnit bo‘roni indeksi 6 ballga chiqishi kutilayotgani, bu sharoitda sport bilan shug‘ullanish, og‘ir mehnat qilish, spirtli ichimliklar, qahva ichish hamda sho‘r mahsulotlar isteʼmol qilish mumkin emas, degan tavsiyalar aytiladi.

Ibrohimjon Asqarov
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar tabobat akademiyasi raisi, professor Ibrohimjon Asqarov magnit bo‘roni va uning inson organizmiga qay darajada taʼsiri haqida mulohazalarini bildirib o‘tdi.

“Magnit bo‘roni bor narsa, organizmga taʼsir qiladi. Lekin vahima qilmaslik kerak. Magnit bo‘roni haqidagi xabarlarni o‘qigandan keyin odam kasal bo‘lib qoladi. Magnit bo‘roni bo‘lyapti, yuragim o‘ynayapti, deb borib yotib oladi. O‘z vaqtida ovqatlanib, ishda davom etish mumkin.

Shaxsiy fikrim, bu narsa bor, lekin organizmni ozgina ehtiyot qilib turilsa, kifoya. Ortiqcha vahimaga o‘rin yo‘q”, — dedi Ibrohimjon Asqarov.

Oliy toifali shifokor Raʼno Nosirovaga ko‘ra, Yerning magnit maydoni taʼsiri odatda insonlarga sezilmaydi. Biroq baʼzan ushbu maydonda ayrim odamlar his etishi mumkin bo‘lgan tebranishlar kuzatiladi. Buning asosiy sababchisi Quyoshdir.

Yaʼni odatda uning faolligi kuzatilganda sayyorani magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu esa surunkali xastaliklarga chalingan insonlar salomatligiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Ayniqsa, yurak-qon tomir, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘riyotgan bemorlar bu o‘zgarishlarni ko‘proq his etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »