Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning yangi B-21 strategik bombardimonchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi, deb xabar berdi Reuters.

Unga ko‘ra, bombardimonchi Kaliforniyadagi Northrop Grumman obyektlaridan biri hududidan juma kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 07:00 da uchgan. B-21 ning parvoz vaqti haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Foto: Reuters
 

Harbiy havo kuchlari B-21 samolyotini 2022-yil 2-dekabrda taqdim etgandi. U AQSH Harbiy havo kuchlarining yangi asosiy strategik bombardimonchi samolyoti va mamlakat yadroviy triadasining asosiy elementiga aylanishi kutilmoqda.

Mart oyida Pentagon oltita samolyot hozirda ishlab chiqarilayotganini aytgan edi. B-21 asta-sekin AQSH Harbiy havo kuchlarida xizmat qiladigan B-1 va B-2 bombardimonchi samolyotlarini almashtiradi.

Pentagon hozirda tadqiqot va ishlanmalar uchun federal moliyalashtirish uchun taxminan 145 milliard dollar, jumladan, havo kuchlari uchun 46 milliard dollar, dengiz floti uchun 27 milliard dollar, armiya uchun 15,7 milliard dollar so‘ramoqda. Yangi B-21 strategik bombardimonchi samolyotini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 3 milliard dollar ajratish rejalashtirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »