Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha U-17 Jahon Chempionati guruh bosqichi 1-turida O‘zbekiston yoshlari 10-noyabr, juma kuni Maliga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Mamadu Dumbiya himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, darvozani ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim Malining ustunli bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda Afrika jamoasi bir qancha vaziyatlarni yaratdi. 72-daqiqada esa O‘zbekiston darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Dumbiya golga aylantirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Dumbiya yana bir bor darvozani ishg‘ol qilib, het-trikni rasmiylashtirdi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va Mali 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa O‘zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi. 

B guruhining ikkinchi o‘yinida Ispaniya va Kanada o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 17:00 da start oladi.


U-17 Jahon Chempionati

1-tur bahsi

10-noyabr, juma

Mali U-17 – O‘zbekiston U-17 3:0

Gollar: 1:0 — 30 Dumbiya, 2:0 — 72 Dumbiya (penalti), 3:0 — 75 Dumbiya.

Mali U-17: 1. Burama Kone, 2. Musa Traore, 5. Issa Traore, 3. Hamidu Makalu, 4. Sulaymon Sanago (18. Musa Diop, 89), 6. Seku Kone, 10. Ange Tia Martial (14. Usmon Tiero, 74), 15. Baye Kulibali, 11. Ibrohim Kanate, 17. Mamadu Dumbiya (9. Salif Lientu, 89), 8. Usmon Diarra (19. Muhammad Barriy, 89).

O‘zbekiston U-17: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 19. Sherzod Abdulboriyev, 20. Dilshod Abdullayev, 6. Ozodbek O‘ktamov (15. Ozodbek Ergashov, 53), 13. Behruz Jo‘matov, 5. Azizbek To‘lqinbekov, 3. Yahyo O‘rinboyev (16. Muhammadali Reimov,46), 17. Ollabergan Karimov (18. Jasur Hikmatullayev, 85) 9. Amir Saidov, 14. Shodiyor Shodiboyev (11. Quvonchbek Abrayev, 85), 7. Lazizbek Mirzayev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »