Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 13-turida “Barselona” 12-noyabr, yakshanba kuni “Alaves”ga qarshi bahs olib bordi. 

Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq “Alaves” hisobni ochdi. Samuel Omorodion mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 53-daqiqada Robert Levandovski Jyul Kundening uzatmasidan so‘ng boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi.

78-daqiqada polshalik hujumchi penaltini aniq amalga oshirdi va dublni rasmiylashtirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin “Barselona”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Katalon klubi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 30 taga yetkazdi va 3-o‘rinni egallab turibdi.


La Liga

13-tur bahsi

12-noyabr, yakshanba

“Barselona” – “Alaves” 2:1

Gollar: 0:1 – 1 Omorodion, 1:1 – 53 Levandovski, 2:1 – 78 Levandovski (penalti).

“Barselona”: ter Stegen, Arauxo, Martines, Kunde (Balde, 70), Joau Kanselu, Gundo‘g‘an, Pedri (Romeu, 81), Lopes (Rafinya, 63), Joau Feliks (Ferran Torres, 70), Yamal, Levandovski.

“Alaves”: Sivera, Gorosabel (Tenalya, 85), Abkar, Marin, Duarte, Xavi Lopes, Guridi (Xaji, 79), Antonio Blanko (Mendes, 85), Gevara, Rioxa (Rebbash, 63), Omorodion (Kike Garsiya, 79).

Ogohlantirishlar: Levandovski (62), Duarte (75), Gundo‘g‘an (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »