Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha U-17 Jahon Chempionati guruh bosqichi 2-turida O‘zbekiston yoshlari 13-noyabr, dushanba kuni Kanadaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Richard Chukvu o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 27-daqiqada Amirbek Saidov hisobni ishonli ko‘rinishga olib keldi. 81-daqiqada esa kanadalik himoyachi va darvozabonning xatosidan so‘ng vaziyatda shay turgan Amir Saidov to‘pni bo‘sh darvozaga joyladi. Shu tariqa O‘zbekiston yoshlari yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 1-turda Maliga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.


U-17 Jahon Chempionati

2-tur bahsi

13-noyabr, dushanba

O‘zbekiston U-17 – Kanada U-17 3:0

O‘zbekiston U-17: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To‘lqinbekov, 7.Lazizbek Mirzayev, 8.Behruz Shukurullayev, 9.Amirbek Saidov (11.Quvonchbek Abrayev,89), 13.Behruz Jumatov, 14.Shodiyor Shodiboyev (18.Jasur Hikmatullayev,46), 16.Muhammadali Reimov ( 4.Behruzjon Karimov,89), 17.Ollabergan Karimov ( 3.Yahyo O‘rinboyev,85), 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Dilshod Abdullayev.

Kanada U-17: 1.Nataniel Abraham, 2.Teo Rigopulos, 3.Gael De Montini (20.Lino Alil, 63), 5.Chimere Omeze, 6.Lazar Stefanovich, 7.Tarik Taxid ( 10.Filip Igbinobaro, 46), 8.Jivan Badval, 9.Antoni Klukovski (19.Erik Pop, 63), 11.Kevon Tavernier (21.Lukas Ozimech,46) 13.Richard Chukvu, 14.Tayler Londono.

Ogohlantirish: Teylor Londono (59), Jivan Badval (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »