Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahrida 13-noyabr kuni BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi o‘z ishini boshlandi.

Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati

CRIC-21 ishtirokchilari BMTning 2018–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq yer degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha global maqsadlarga erishish bo‘yicha taraqqiyotni ko‘rib chiqish va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Marosim ochilishida prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi.

O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqlim o‘zgarishining salbiy ta‘siri va ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy, ekologik muammolarning og‘ir oqibatlarini to‘liq his qilmoqda.

Bugun biz bir avlodning ko‘z o‘ngida yo‘q bo‘lib borayotgan Orol dengizi global halokatining og‘ir oqibatlariga qarshi kurashyapmiz. Bu tahdidlarning barchasi va boshqa ko‘plab omillar nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda aholi farovonligi va salomatligiga bevosita ta‘sir ko‘rsatmoqda, bu esa Barqaror rivojlanishning asosiy maqsadlariga erishish yo‘lida hamkorlikni yanada mustahkamlash taqozo etmoqda.

O‘zbekistonning joriy sessiya yakunlariga ko‘ra qum va chang bo‘ronlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish tashabbusi xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonaman.

Ishonchim komilki, mazkur ko‘p tomonlama hujjat ana shunday jiddiy ekologik muammolardan erta ogohlantirish va samarali kurashishga qaratilgan umumiy sa‘y-harakatlarimizga muhim hissa bo‘lib, ilmiy almashinuvni kengaytiradi, yangi texnik ko‘mak dasturlari va maqsadli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirning birinchi yalpi majlisda ishtirok etgan BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiauning taʼkidlashicha, dunyo bo‘ylab biz kuzatilayotgan qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va jazirama to‘lqinlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan iqlim hamda tabiat inqirozlarining alomatlaridir.

Ibrohim Tiau
Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati
“2015-yildan beri taxminan 4 million kvadrat km sog‘lom va unumdor yerlar — taxminan O‘rta Osiyo hajmiga teng maydon yo‘qolgan. 2030-yilga borib yerdan foydalanish bo‘yicha global maqsadlarga erishish uchun yerning keyingi degradatsiyasini zudlik bilan to‘xtatishimiz va kamida 1 milliard gektar maydonni tiklashimiz kerak”, — dedi Ibrohim Tiau.

Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi sog‘lom va unumdor yerlarning yillik yo‘qotilishi taxminan 100 million gektarni tashkil qiladi. Mavjud tendensiyalar davom etsa, 2030-yilga borib dunyoda yer degradatsiyasining neytralligiga erishish uchun 1,5 milliard gektar maydonni tiklash kerak bo‘ladi. Biroq qo‘shimcha tanazzulni to‘xtatish va mavjud majburiyatlarning bajarilishini tezlashtirish belgilangan maqsadlardan oshib ketishi mumkin.

Aziz Abduhakimov
Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning aytishicha, CRIC-21 ko‘rgazmasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi bejiz emas, chunki u yer degradatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini — qurg‘oqchilik, qum va chang bo‘ronlaridan tortib qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi va biologik xilma-xillikni yo‘qotishgacha boshdan kechirayotgan eng zaif mamlakatlardan biri misolidir.

“Asrlar davomida o‘zbeklar an’anaviy ravishda dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan, shu bois yer tarixda eng muhim tirikchilik manbasi hisoblangan. Binobarin, bu muhim tirikchilik manbasini jiddiy tahdid ostida ko‘rish xavotir uyg‘otadi va aniq chora-tadbirlar ko‘rish zarurligidan dalolat beradi”, — dedi Aziz Abduhakimov.

Tadbir doirasida “CRIC-21 yashil bog‘i”da daraxt o‘tqazildi. Daraxt ekishda ishtirok etan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning aytishicha, daraxt ekish atrof-muhit va jamiyatga kiritilgan eng oqilona sarmoyadir.

Foto: Ekologiya vazirligi axborot xizmati
“Mazkur ishlar biologik xilma-xillikni oshirish, turizmni rag‘batlantirish, aholi salomatligi va havo sifatini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi. Daraxt ekish atrof-muhit va jamiyatimizga kiritilgan eng oqilona sarmoyadir. Umid qilamizki, mana shunday sarmoyalarimizning mevalaridan xalqimiz uzoq yillar davomida bahramand bo‘ladi”, — dedi Tanzila Norboyeva.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »