Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Madridning “Real” klubi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash umididan voz kechmagan.

Foto: Getty Images

“Qaymoqranglilar” fransuz hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytgani, agarda u “PSJ”ni erkin agent sifatida tark etsa ham, u bilan shartnoma imzolamasligi ma’lum qilingandi. 

Biroq, RMC Sport nashrining xabariga ko‘ra, klub Mbappeni o‘ziga jalb qilish g‘oyasidan bosh tortmagan. Lekin endilikda Madrid klubi birinchi qadamni o‘zi bosmaydi. Qachonki, Kilianning o‘zi faollik ko‘rsatib, muzokaralar boshlashga tayyorligini bildirsagina, transfer bo‘yicha ishlar boshlanadi. “Agar Mbappe “Real”ga o‘tishni xohlasa, bu bilan uning o‘zi shug‘ullansin”, — deyiladi xabarda. 

“Real” 2022-yildagi vaziyatga tushishni istamaydi. O‘shanda Mbappe madridliklar safiga o‘tishga yaqin turgandi, biroq yakunda futbolchi “PSJ” bilan shartnomani uzaytirgan.

Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilda yozida o‘z nihoyasiga yetadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »