Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev “Kun.uz” jurnalistining prezidentning 134-sonli farmoni asosida yaratilgan, 2025-yilda to‘liq joriy qilish topshirilgan Milliy o‘quv dasturi va u asosida yaratilgan darsliklarning taqdiri haqidagi savolga javob berib o‘tdi. 

“Bu dastur o‘sha vaqtdagi xalq ta’limini keyingi 5 yilda (2022/2026-yilllar) rivojlantirish dasturi deb nomlagan edi. Uning ichida ta’lim dasturi, ya’ni milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich joriy etish haqidagi bandi bor edi.

 
Foto: “Daryo”
 

Ya’ni milliy o‘quv dasturi va uning asosida bolaga beriladigan bilim-ko‘nikma, ishlab chiqiladigan darslik, metodika va boshqa narsalar. 134-sonli farmon bilan esa tizimni rivojlantirish milliy dasturi tasdiqlangan.

Mana shu hujjatning bandida xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda milliy o‘quv dasturini ishlab chiqish belgilangan. 

O‘zi Milliy o‘quv dasturi nima degan savolga aniqlik kiritib olaylik. Bu bir nechta hujjatdan iborat bo‘lgan, ya’ni o‘quv dasturlari, o‘quv reja, baholash mezonlaridan iborat bo‘lgan hujjat hisoblanadi. Uni ishlab chiqish bosqichma-bosqich sinflar, fanlar kesimida amalga oshirilmoqda. 

134-farmon ilovasida vazirlikka Milliy o‘quv dasturini joriy qilish rejasini tasdiqlash vazifasi ham qo‘yilgan. Ya’ni yillar kesimida qaysi sinfda nima ishlab chiqiladi, shunga mos ravishda darslik, metodikani ishlab chiqishni belgilash vazirlikka vakolat sifatida qo‘yib ketilgandi.

Unda bola qaysi sinfda qaysi ko‘nikmani o‘rganishi, unga qaysi mavzularni o‘rgatish belgilab beriladi. Mana shu hujjatni ishlab chiqishda bir qator ekspertlar ishtirok etgan. Bu hujjat birdaniga hamma sinf uchun ishlab chiqilmagan va u takomillashtirilmoqda”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »