Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi. Bu haqda 17-noyabr kuni viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yig‘ilishda qayd etilishicha, viloyatning turizm salohiyati ancha yuqori, bu yerda 600 dan ziyod madaniy meros va turizm obyektlari bor. Samarqand—Kitob —Denov—Oltinsoy —Termiz marshruti bo‘ylab “Naqshbandiya pirlari” turizm halqasi ochiladi.

Viloyatda 2,5 ming o‘ringa ega 53 tagina mehmonxona bor, ularning yarmi Termiz shahrida joylashgan. Kelgusi yilda viloyatga sayyohlar oqimini 3 barobar oshirish reja qilinayotgani bois, Surxondaryo tadbirkorlariga mehmonxona qurishga “yulduzi”dan qatʼiy nazar subsidiya berilishi belgilandi.

Yil yakuniga qadar Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash, kelgusi yildan Sariosiyodan Samarqand va Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish, Termizdan Istanbul, Farg‘ona, Buxoro va Xorazmga reyslarni ko‘paytirish topshirildi.

Shuningdek, Termiz—Toshkent yo‘nalishida turistik vagon, Sariosiyo —Toshkent yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2022-yildagi “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida Sariosiyo aeroportiga aviaqatnovlarni tiklash belgilangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »