Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezidentning “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (kompaniya) sifatida qayta tashkil etildi.

Natijada kompaniya tomonidan biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi instrumentlar joriy etilmoqda va amaldagi yordam turlari kengaytirilmoqda.

Jumladan, endilikda kompaniya kichik va o‘rta biznes tadbirkorlari uchun milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati hamda akkreditivlarga 500 mln so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha kafillik beradigan bo‘ldi.

Bu nima degani?

Birinchidan, farmon qabul qilingungacha, amalda kafillik faqat kichik tadbirkorlarga berilardi. Endi o‘rta biznes ham bunday kafillik olishi mumkin.

Ikkinchidan, ilgari kafillik faqat milliy valyutadagi kreditlarga berilgan. Endi xorijiy valyutadagi kreditlarga ham kafillik beriladi.

Uchinchidan, bunga qadar kafillik faqat 2,5 mlrd so‘mgacha taqdim etilgan. Endilikda ushbu miqdor 2 baravar oshirilib, 5 mlrd so‘mgacha etib belgilandi.

 
Foto: Google Images

Masalan, to‘qimachilik sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkor xorijdan xomashyo olish xarid qilish maqsadida 5 mlrd so‘m ekvivalentida xorijiy valyutada kredit oldi. Ilgari ushbu krediti uchun hech kim unga kafillik bermas, u albatta garovga nimadir qo‘yishi kerak edi. Bu o‘z-o‘zidan tadbirkorga yaxshigina qiyinchilik tug‘dirardi. Endi esa prezident farmoniga ko‘ra, ushbu tadbirkor kompaniyadan xorijiy valyutadagi krediti uchun kafillik olishi mumkin. Bu uning ishini ancha yengillashtiradi.

Bugun globallashuv zamonida tadbirkorlar yanada kengayishni, jahon bozoriga chiqishni istaydi. Bunday vaziyatda o‘z-o‘zidan u xorijlik hamkasblari bilan hamkorlik qiladi, import yoki eksport shartnomalari imzolaydi, xorijiy valyutada oldi-berdi qiladi.

Bunday sharoitda xorijiy valyutadagi kreditlar uchun ham kafillik berilishining yo‘lga qo‘yilayotgani tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadi. Ko‘plab muammolarni hal qilishga yordam beradi.

Kafillik beriladigan kredit miqdorining 2 baravar oshirilayotgani esa kichik biznes vakillarini o‘rta biznes darajasiga yoki o‘rta biznes vakillarini yirik biznesga aylanishiga turtki beradi.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, yaxshi va undan yuqori kredit tarixiga ega tadbirkorlarga qo‘shimcha kreditlar bo‘yicha takroran kafillik berish yo‘lga qo‘yilayotgani quvonarli. Bunga qadar tadbirkorga faqat bitta kredit uchun kafillik berilar edi.

Bundan tashqari, portfel kafilligi hisobiga kompaniyaning kafilligini olish vaqti 7 kungacha qisqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »