Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida sabzi kavlash ishlariga jalb qilingan maktab o‘quvchilari YTH sabab vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga farg‘onalik jurnalist Sharifa Murod xabar berdi. 

Viloyat prokuraturasi axborot xizmati rahbari Jahongir Akbarov YTH voqeasini tasdiqladi. Biroq  mazkur voqea tafsilotlari viloyat IIB axborot xizmatida mavjudligini, bugun tongda sodir bo‘lgan holat IIB tomonidan o‘rganilayotganini qo‘shimcha qildi.

Jurnalistning aniqlashtirishicha, Damas avtomobilida sabzi kavlash uchun manzilga yo‘l olgan yo‘lovchilar — 3 nafar maktab o‘quvchisi va 3 nafar ota-ona yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Yana 4 nafar kishi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, — deydi Sharifa Murod. 

Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipov “Daryo”ning mazkur voqea yuzasidan bergan savollariga “aniqlashtiryapmiz”, deya javob berish bilan kifoyalandi. 

“Daryo” voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »