Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivudning ko‘zni qamashtiruvchi dunyosi ko‘pchilikni o‘ziga tortadi. Mashhur bolalarning ko‘ngilochar sohaga kirishi ayniqsa oson, chunki ular mashhur ota-onalari kabi porlashni xohlaydi. Biroq ba’zi merosxo‘rlar aktyorlik bilan bog‘liq bo‘lmagan kasbni tanlashadi.

Trishala Datt

 
 
Foto: Bollywoodtime

Ro‘yxatni model bo‘lishi, ota-onasi va buvisi kabi hind filmlarida qahramon bo‘lishi kutilgan Trishala Dattdan boshlaylik. Afsonaviy Nargiz va Sunil Dattning nabirasi, model va aktrisa Richi Sharma va aktyor Sanjay Dattning qizi Amerikada o‘sganiga qaramay, jurnalistlar uning aktrisa bo‘lishi mumkinligi haqida tez-tez yozishgan.

Foto: Bollywoodtime

Biroq Trishala filmlarda suratga tushishga qiziqmaydi. U huquqshunoslik fakultetini tamomlagan va qisqa muddat himoyachi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik u universitetga psixolog sifatida ishga kiradi, hozirda esa psixoterapevt bo‘lib ishlaydi.

Shahin Bhatt

Foto: Bollywoodtime

Rejissor Mahesh Bhattning qizi, muvaffaqiyatli kino aktrisalar Aliya Bhatt va Puja Bhattning singlisi Shahin hech qachon kamera qarshisida ishlashni xohlamagan.

Foto: Bollywoodtime

Buning o‘rniga u kitob va ssenariylar yozishni afzal ko‘radi. U “Sir 3” va “Sardarning o‘g‘li” loyihalarida ssenariy muallifi yordamchisi bo‘lib ishlagan. 2018-yilda “Men doim baxtli bo‘l(ma)ganman” nomli avtobiografiyasini nashr etgan.

Janxvi Mehta

Foto: Bollywoodtime

Janxvi Bollivud aktrisasi Juhi Chavlaning qizi. Londonda o‘qiganidan so‘ng onasiga filmlarda rol o‘ynashga qiziqmasligini aytadi. Juhi o‘z intervyularida tez-tez Janxvi jurnalistikaga juda qiziqishini va yozuvchi bo‘lishni xohlashini aytadi.

Ira Xon

Foto: Bollywoodtime

Amir Xonning qiziga Bollivuddagi debyuti haqida juda ko‘p savollar beriladi, biroq u kamera qarshisida chiqish niyati yo‘qligini aytadi. U rejissorlikni yaxshi ko‘radi va teatrda Yevripidning “Medeya” spektaklini sahnalashtirgan.

Anshula Kapur

Foto: Bollywoodtime

Boni Kapurning to‘rt nafar farzandi bor va uning katta qizi Anshuladan tashqari hamma kino sohasida ishlaydi. Anshula aktrisalikdan ko‘ra oliy ma‘lumotli bo‘lishni tanladi va hozir Google da AdWords reklama bo‘limida ishlaydi. U, shuningdek, Ritik Roshanning HRX sport brendini boshqargan.

Masaba Gupta

Foto: Bollywoodtime

Masaba Gupta aktrisa Nina Gupta va kriketchi Vivian Richardsning qizi. Qiz moda sanoatida juda mashhur va uning liboslarini nafaqat Bollivud, balki jahon yulduzlari ham kiyishadi. Yoshligida unga filmlarda suratga tushishni taklif qilishgan, ammo Masaba takliflarni rad etadi.

Reya Kapur

Foto: Bollywoodtime

Sonam Kapurning singlisi ham Bollivudga kirishi mumkin edi. Kuchli klanning merosxo‘ri bo‘lgani uchun aktrisa bo‘lish unga muammo emasdi. Biroq Reya o‘zini stilist va tadbirkor sifatida ko‘radi. Sonam Kapurning Kanndagi eng yaxshi ko‘rinishi — uning ijodiy namunalaridan biri.

Foto: Bollywoodtime

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »