Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani hokimi Zoir Aliqulov vazifasiga sovuqqonlik qilgan mas’ullarga chora ko‘rishni boshladi. U mahallalardagi yetti nafar yoshlar yetakchisi, o‘rinbosari va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga chora ko‘rdi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari To‘lqin Turdiyev xabar berdi. 

Foto: Qarshi tumani hokimligi

Ta’kidlanishicha, Zoir Aliqulov boshchiligida “Yoshlar daftari” platformasini yuritish masalasida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazilgan. Belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda joylarda tashkil etilgan harakatlar samarasi sarhisob qilingan.

Tanqidiy yig‘ilish davomida 7 nafar yoshlar yetakchisiga hayfsan berildi. Natijalar yaxshilanmasa ayrim yoshlar yetakchilari vazifasidan ozod etilishi bo‘yicha ogohlantirildi. “Qovchin”, “Uzumzor”, “Potron”, “Tinchlik” va “O‘zbekiston mustaqilligi” mahallalaridagi yoshlar yetakchilarining faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi. Tashabbuskor va faollik ko‘rsatayotgan yoshlar yetakchilariga moddiy rag‘batlantirish belgilandi, — deydi To‘lqin Turdiyev. 
Foto: Qarshi tumani hokimligi

Mas’ulning bildirishicha, tuman hokimining qurilish kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga ham intizomiy jazo berilgan. 

O‘ziga yuklatilgan vazifalarini lozim darajada bajarmasdan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganligi va tuman hududlaridagi obodonlashtirish hamda tuman hududida tozalikni ta’minlash vazifasini lozim darajada bajarmaganligi sababli tuman hokimining qurilish kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Olimjon Ochilovga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasining 1-qismi 2-bandiga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 15 foiz miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi, — deydi u. 
Foto: Qarshi tumani hokimligi

Qo‘shimcha qilinishicha, tuman hokimi qarori bilan Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Diyor Daminovga ham hayfsan berilgan. Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan tuman hududlarida tozalikni ta’minlash va o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxassisi Otaniyoz Rahmonov va “Bunyodkor” MFY raisi A’zam Jo‘rayevga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »