Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uyqusizlik bilan bog‘liq muammolarga tanadagi ba’zi moddalar yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin.

 
 
Foto: Getty Images

Triptofan

Bu inson tanasi uchun eng muhim biologik faol moddalardan biri, chunki bu muhim alfa aminokislota serotonin va melatonin manbaidir. Triptofan yetishmasligining belgilari nafaqat uyqu buzilishi, balki depressiya, spirtli ichimliklarga bo‘lgan ishtiyoq va surunkali charchoqni ham o‘z ichiga oladi.

Mazkur modda tabiiy yogurt, sut, soya yogurti va sut, yong‘oq suti (masalan, bodom yoki kaju) tarkibida ko‘proq bo‘ladi. Shuningdek, pista, kunjut va lavlagi, selderey, kres-salat, achchiq mongoldda juda ko‘p triptofan mavjud.

Magniy

Tanani bo‘shashtirishga yordam beradi, asab tizimining faoliyatini normallashtiradi, stress va uyqu muammolari bilan kurashishga yordam beradi. Magniyning asosiy manbalaridan biri yangi sabzavot va mevalardir. Bundan tashqari, magniy bodom, dukkakli o‘simliklar va bug‘doy donida mavjud.

Yotishdan oldin ichimlik tayyorlash uchun kakao kukuni (100 grammda kunlik magniyning 106 foizini o‘z ichiga oladi), bodom, soya yoki kaju suti, yangi ko‘katlar (masalan, ismaloq) va bug‘doy kepagidan foydalanish mumkin.

C vitamini

Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qonda C vitamini past bo‘lgan odamlar uyquga ketishda ko‘proq muammolarga duch kelishadi va kechasi tez-tez uyg‘onadilar.

Yotishdan oldin ichimlik (smuzi) tayyorlash uchun yangi ko‘katlar, brokkoli, qora smorodina, sitrus mevalari va kivi kabi C vitamini ko‘p mahsulotlardan foydalanishimiz mumkin.

Kaliy

Ushbu mikronutrient uxlashda muammosi borlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Kaliy kakao kukuni, yong‘oq, soya, bodom, findiq, sut, yangi ko‘katlar, banan tarkibida mo‘l bo‘ladi.

Kalsiy

Ratsionda kalsiy yetishmasligi tufayli ham uyqusizlik paydo bo‘lishi mumkin. European Neurology Journal uyqu yetishmasligi va uyqu buzilishi ko‘pincha tanadagi ushbu muhim mineral yetishmasligidan kelib chiqadigan tadqiqot natijalarini e‘lon qildi.

Ichimlik tayyorlash uchun sut va sut mahsulotlari, yong‘oqlar, kunjut va ko‘katlarlardan foydalanish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »