Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi shifoxonada o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan 26 yoshli ayol vafot etdi. Holat prokuratura nazoratiga olingan. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tarmoqlarda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limida 26 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar e’lon qilingan. 

Chiroqchi tuman “G‘allachi” mahallasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan A.G. shu yilning 10-oktyabr kuni soat 06:00 da qarindoshlari tomonidan tug‘uruq bo‘limiga olib kelingan. Ayolda oxirgi ko‘rik 2023-yil 13-sentyabrda, homiladorlikning 33-haftasida o‘tkazilgan. Shunda ayolga yotib davolanish tavsiya qilingan, lekin ayol davolanishga bormagan. Bo‘limga kelganida ayolning umumiy ahvoli qoniqarli baholangan. 10-oktyabr kuni soat 16:10 da vazni 3400 og‘irlikdagi o‘g‘il chaqaloqni dunyoga keltirgan, — deyiladi mas’ullar izohida. 

Qo‘shimcha qilinishicha, bolasini dunyoga keltirgan ayol ikki kun o‘tgach, vafot etgan. 

2023-yil 12-oktyabr kuni ertalab soat 5-6 lar oralig‘ida ayolning ahvoli og‘irlashib, qornida kuchli og‘riq paydo bo‘lgan. Og‘riqlar kuchaygach, birlashma xirurg vrachlari jalb qilingan. Shundan so‘ng viloyatdan jarroh, akusher-ginekolog va nefrolog chaqirilgan. So‘ng bemorda operatsiya o‘tkazilgan. Operatsiyadan keyin ayolga tegishli muolajalar qilingan. Ammo ayolning umumiy ahvoli og‘irlashgan, qilingan barcha muolajalarga qaramay u 2023-yil 16-oktyabr kuni soat 02:30 da vafot etgan, — deydi mas’ullar. 

Qo‘shimcha qilinishicha, ayol o‘limi bilan bog‘liq holat viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida muhokama qilingan. Va bu borada tegishli choralar belgilangan. Ayni paytda mazkur holat Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. 

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov “Daryo” jurnalistining “Ayol dunyoga keltirgan bolaning ahvoli qanday?”, degan savoliga bolaning ahvoli yaxshi ekanini aytib, marhum ayolning yaqinlari olib ketganini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »