Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ilon Mask Isroilga tashrif buyurganidan so‘ng HAMAS rasmiysi Usama Hamdan amerikalik milliarderga G‘azoga ham kelishni taklif qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Al-Jazeera
Biz Ilon Maskni xalqimizga qarshi qirg‘in va jinoyatlar ko‘lamini ko‘rish uchun G‘azo sektoriga tashrif buyurishga taklif qilamiz, — dedi Hamdan.

Shuningdek, u Isroil faqat “kuch tilini” tushunishini ta’kidladi.

Agar isroillik asirlar “qarshilik kuchlarining” qo‘liga o‘tmaganida, Isroil o‘z qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollar va bolalarni hech qachon ozod qilmagan bo‘lardi. Ozod qilingan falastinlik mahbuslarning ko‘rsatmalari okkupantlarning naqadar vahshiyligini ko‘rsatadi. Isroil qamoqxonalarida falastinlik mahbuslar bo‘lmaganida biz isroillik asirlarni ushlab turmas edik, — dedi Hamdan.

HAMAS vakili arab yetakchilarini “Isroil agressiyasi va G‘azo qamalini” to‘xtatish uchun Ar-Riyoddagi favqulodda qo‘shma islom-arab sammitida kelishilgan rezolyutsiyalarni amalga oshirishga chaqirdi. Shuningdek, u sektorning janubi va shimolidagi asosiy ehtiyojlar keskin tanqisligini bartaraf etish uchun gumanitar yordam yuk mashinalari sonini ko‘paytirishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 27-noyabr, dushanba kuni Isroilga kelgan va bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan birgalikda HAMAS hujumidan eng ko‘p jabr ko‘rgan G‘azo sektori yaqinidagi Kfar-Aza kibutsga tashrif buyurgandi. Mask va Netanyaxu X ijtimoiy tarmog‘ida qo‘shma jonli efir o‘tkazdi. Millarder Isroil bosh vazirining HAMASni yo‘q qilish kerakligi va Isroilda “boshqa tanlov yo‘q”ligi haqidagi fikrini ma’qulladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »