Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 29-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” safarda “Galatasaroy” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Alexandro Garnacho hisobni ochdi. 18-daqiqada Brunu Fernandesh mankunianliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 29-daqiqada esa Hakim Ziyosh hisobni qisqartirdi. Birinchi bo‘lim 2:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i, 55-daqiqada Skot Maktominey darvozani ishg‘ol qilib, yana hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 62-daqiqada Ziyosh dublni rasmiylashtirdi. 71-daqiqada Karim Aktyurkoglu muvozanatni tikladi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.

“Bavariya” “Kopengagen”ga qarshi bahs olib bordi. O‘yinda darvozalar ishg‘ol etilmadi va 0:0 hisobi qayd etildi.

“Arsenal” Abduqodir Husanov to‘p suradigan “Lans”ga qarshi maydonga tushdi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Londonliklar tarkibida Kay Haverts, Gabriel Jezus, Bukayo Saka, Gabriel Martinelli, Martin Edegor va Jorjinyolar o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Qayd etib o‘tish joiz, Abduqadori YCHLdagi debyutini nishonladi.


YCHL

5-tur

29-noyabr, chorshanba

“Galatasaroy” – “Manchester Yunayted” 3:3

Gollar: 0:1 – 11 Garnacho, 0:2 – 18 Brunu Fernandesh, 1:2 – 29 Ziyosh, 1:3 – 55 Maktominey, 2:3 – 62 Ziyosh, 3:3 – 71 Aktyurkoglu.

“Galatasaroy”: Muslera, Boe, Ayxan, Bardakji, Anxelinyo (Nelsson, 83), Ziyosh (Yilmaz, 82), Torreyra, Ndombele (Serjiu Oliveyra, 60), Zaa (Demirbay, 88), Mertens (Aktyurkoglu, 60), Ikardi.

“Manchester Yunayted”: Onana, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 78), Maguayr, Lindelef, Shou, Brunu Fernandesh, Amrabat (Maynu, 58), Maktominey, Antoni, Garnacho (Pelistri, 78), Hyoylund (Marsyal, 58).

Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh (27), Boe (42), Amrabat (45), Ayxan (53), Shou (59), Uan-Bissaka (64).

“Bavariya” – “Kopengagen” 0:0

“Bavariya”: Noyer, Upamekano, Goretska, Devis (Kretsig, 86), Gerreyru (Pavlovich, 64), Kimmix, Laymer, Myuller, Koman (Sane, 64), Keyn, Tel (Gnabri, 64).

“Kopengagen”: Grabara, Yelert, Boylesen (Ankersen, 71), Vavro, Diks, Falk, Elyunussi, Lerager, Diogu Gonsalvesh (Hyoylund, 90), Bardegji (Ashuri, 60), Klasson (Ouskarsson, 60).

Ogohlantirishlar: Diogu Gonsalvesh (24), Falk (55), Ulrayx (73).

“Arsenal” – “Lans” 6:0

Gollar: 1:0 – 13 Haverts, 2:0 – 21 Gabriel Jezus, 3:0 – 23 Saka, 4:0 – 27 Martinelli, 5:0 – 45 Edegor, 6:0 – 86 Jorjinyo (penalti).

“Arsenal”: Rayya, Tomiyasu (Uayt, 46), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Kiver, 46), Edegor, Rays (Jorjinyo, 75), Haverts, Martinelli, Saka (Nelson, 66), Gabriel Jezus (Nketia, 82).

“Lans”: Samba, Gradi (Husanov, 62), Danzo, Medina (Machado, 46), Aydara, Frankovski, Mendi (David Koshta, 76), Fyuljeni, Abdul-Samed (El-Enaui, 46), Sotoka (Tomasson, 46), Vai.

Ogohlantirishlar: Mendi (41), Husanov (63), Aydara (64).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »