Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan 29-iyul kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, o‘zini mustaqil bloger deb tanishtirgan fuqaro Olimjon Haydarov tovlamachilik ustida qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Foto: Oliy sud

Xabarga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudida Olimjon Haydarov (1989-yilda Rossiyada tug‘ilgan, bloger, “Turon mujdasi” va “Turon valley media” MCHJlari direktori, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi A. Ergashev e’lon qilgan hukmga ko‘ra:

O.Haydarovning ayblovidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a” bandi chiqarilib, O.Haydarov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 59- (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61- (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shuningdek, Majburiy ijro byurosi zimmasiga ijtimoiy tarmoqlardagi O.Haydarovga tegishli barcha kanal, sahifa va guruhlarni hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng o‘chirilishi (bloklanishi)ni ta’minlash yuklatildi.

Jabrlanuvchi S.M.ga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zarar undirish bo‘yicha tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagani sababli moddiy va ma’naviy zarar undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirildi.

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar Jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining appelyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish huquqi mavjudligi ma’lum qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »