Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘onadagi tezkor tadbirlar davomida guruhbozlik qilgan 22 kishi ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi. 

Kollaj: Farg‘ona viloyat IIBB

Tezkor maʼlumotlar asosida kriminogen muhitda mavqega ega bo‘lgan 248 nafar shaxsning yashash va boshqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning huquqbuzarliklarini aniqlash bo‘yicha 106-marta faol tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, 66 ta jinoyatlar aniqlangan.

Mazkur tadbirlar davomida, 4 kg 749 gramm giyohvandlik vositalari, 78 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 41 ta qurol, o‘q dorilar va sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolar, 45 dona turli xil kompyuter, telefon hamda diniy adabiyotlar olingan. Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 37 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan.

Shuningdek, guruhbozlik qilgan 22 nafar shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan. 

  • Misol uchun, 22-noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvchi ikki guruh vakillari A.Rustamov va T.Mirzaraximov o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘tkazilgan tezkor ishlar davomida 15 nafar guruhbozlar va ularning izdoshlari qo‘lga olinib, jazo muqarrarligi taʼminlangan.  
  • 27-noyabrda esa sportning jangovar turi bilan shug‘ullangan H.To‘xtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli xil tezkor vaziyatga salbiy taʼsir qiluvchi shaxslarni yig‘ib, Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxslarga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan vaqtda, tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, jazo muqarrarligi taʼminlangan.
  • Shuningdek, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamachilik va mulklarni boshqa yo‘llar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qo‘lga olinib, tergov organlariga topshirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »